Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT dunyoda tug‘ilishning kamayishi sabablarini aniqladi
Asosiy sabablar «iqtisodiy xavfsizlik va shaxsiy imkoniyatlarni» ta’minlamaydigan «adekvat bo‘lmagan siyosiy qarorlarga» bog‘liq ekani ta’kidlanmoqda.

Foto: IZVeSTIYa/Kristina Kormilitsyna
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) tomonidan o‘tkazilgan keng ko‘lamli tadqiqot (.pdf) shuni ko‘rsatdiki, demografik inqiroz odamlarning erkin tanlashiga emas, balki «iqtisodiy xavfsizlik va shaxsiy imkoniyatlarni» ta’minlamaydigan «adekvat bo‘lmagan siyosiy qarorlarga» bog‘liq. Tadqiqot doirasida UNFPA mutaxassislari dunyo aholisining uchdan bir qismi istiqomat qiluvchi 5 qit’adagi 14 mamlakatda 14 mingdan ortiq odamni o‘rgandi.
Ushbu mamlakatlarning to‘rttasida - Nigeriya, Marokash, Janubiy Afrika va Indoneziyada - har bir ayolga o‘rtacha tug‘ilish soni aholining o‘rnini bosish darajasidan oshadi (2,1). Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, so‘rovda ishtirok etganlarning aksariyati ikki yoki undan ortiq farzand ko‘rishni xohlaydi. 50 yoshdan oshganlarning 31 foizi o‘zi xohlaganidan kamroq farzandi borligini aytdi.
Shu bilan birga, so‘rovda ishtirok etganlarning 54 foizi farzandli bo‘lish va ko‘p bolali oila tashkil qilish yo‘lidagi asosiy to‘siqlar qatorida arzon uy-joyning yo‘qligi, ishsizlik, bola parvarishi muassasalari kamligi, pul yetishmasligi kabi «iqtisodiy muammolarni» sanagan.
So‘rovda ishtirok etganlarning 24 foizi sog‘liq bilan bog‘liq muammolari va ularni hal etishning iloji yo‘qligini ta’kidlagan. Yana 19 foizi farzand ko‘rishni istamasligini urushlar, iqlim o‘zgarishi, pandemiya va hokazolar sabab bo‘lgan «kelajakdan qo‘rqish» bilan izohlaydi.
Hisobot mualliflari muammoni hal qilish uchun «odamlar nimani xohlashini va nimaga muhtojligini so‘rash muhimligini» ta’kidlaydi. Tadqiqotda aniqlik kiritilishicha, «siyosiy chora-tadbirlar ushbu muammolarni hal qilishga qaratilgan bo‘lishi kerak, odamlarni kontratseptiv vositalardan foydalanishdan qaytarish yoki ularni ko‘proq farzand ko‘rishga undash emas».
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

13:45 / 11.07.2025
BMT: Ukrainada iyunda tinch aholi orasida qurbonlar soni eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

16:54 / 08.07.2025
BMT Bosh Assambleyasi «Tolibon» siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani ma’qulladi

15:49 / 07.07.2025
Bolalar soni eng kam bo‘lgan mamlakatlar ma’lum qilindi

23:25 / 05.07.2025