Rossiyada qiyin ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyaning Sverdlovsk oblastida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlardan iborat oila yurtimizga qaytarildi.

Foto: "Dunyo" AA
Bosh konsulxonadan olingan ma’lumotga ko‘ra, joriy yil 18 yanvar kuni O‘zbekiston fuqarosi M.Z. oilasi og‘ir moliyaviy ahvolda qolgani sababli yordam berishni so‘rab murojaat qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, M.Z. va uning 2016, 2018 va 2024 yilda tug‘ilgan farzandlari oila boshlig‘i tomonidan vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiyaning Sverdlovsk oblastiga olib kelingan.
Surishtiruvlar natijasida M.Z.ning turmush o‘rtog‘i B.X. 6 yanvar kuni ro‘yxatdan o‘tmasdan ishlayotgani sababli Sverdlovsk oblasti huquq tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida qo‘lga olingani va Yekaterinburg IIB qoshidagi XFVSMga joylashtirilgani aniqlandi.
Diplomatlar XFVSMda bo‘lib, B.X.ning holidan xabar olishdi. B.X. ma’muriy javobgarlikka tortilganidan so‘ng qo‘yib yuborildi. Shunday bo‘lsa-da, oila qiyin ahvolda qolayotgani sabab O‘zbekistonga qaytishini bildirgan.
Bosh konsulxona tomonidan ushbu murojaat ijobiy hal etilib, M.Z. va uning 3 nafar voyaga yetmagan farzandlariga Yekaterinburg-Toshkent aviareysi orqali O‘zbekistonga qaytish uchun chipta xarid qilindi.
Mazkur oila Yekaterinburg shahridagi "Kolsovo" xalqaro aeroportidan Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida Toshkent shahriga kuzatib qo‘yildi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent peshlavhalarini majburiy birxillashtirish xalqaro tajribaga mosmi?
O‘zbekiston | 18:15
-
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39
-
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Lenin haykali olib tashlandi
Jahon | 17:34
-
Kelajakka tikilgan sarmoya: Oltiariqda yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi
O‘zbekiston | 17:00
Mavzuga oid

14:07 / 14.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

23:08 / 10.04.2025
Xitoyda oila qurish qoidalari soddalashtirildi

13:52 / 17.03.2025
1 ming nafar “ustoz” tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha grant ajratiladi

17:56 / 22.02.2025