Luvr muzeyida “Mona Liza”ni tomosha qilish uchun alohida chipta sotiladi
Da Vinchining mashhur asari kelgusida alohida xonaga ko‘chiriladi, uni ko‘rmoqchi bo‘lganlar esa qo‘shimcha chipta sotib olishi kerak bo‘ladi.

Foto: Benoit Tessier / Reuters
Parijdagi Luvr muzeyida Leonardo da Vinchining mashhur “Mona Liza” asarini ko‘rishni istaganlar uchun qo‘shimcha chipta joriy etiladi. Bu haqda muzey direktori Lorens de Kars ma’lum qildi.
28 yanvar kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron “Luvrning yangi uyg‘onish davri” dasturini e’lon qilgandi. Dastur doirasida muzey restavratsiya qilinadi. Undan avval de Kars bino qoniqarsiz holatga kelib qolgani haqida hukumatga xat yo‘llagan.
Makron restavratsiya doirasida bir nechta yangiliklar e’lon qildi. Xususan, 2031 yilgacha muzey uchun yangi va katta kirish zali barpo etiladi, “Mona Liza” asari alohida xonaga ko‘chiriladi hamda bu xonaga kirish uchun alohida chipta sotib olish kerak bo‘ladi. Shuningdek, 2026 yil 1 yanvardan boshlab Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan mamlakatlardan kelgan mehmonlar uchun muzeyga kirish narxlari oshirilishi rejalashtirilmoqda.
“O‘zgarishlardan biri shuki, ko‘rgazmalar va doimiy kolleksiyalarga kirish uchun bitta chipta, ‘Mona Liza’ni ko‘rish uchun esa qo‘shimcha chipta joriy qilinadi”, — deb tushuntirdi de Kars.
Hozirda Luvrga kirish chiptasi narxi 22 yevro. 26 yoshgacha bo‘lgan Yevropa Ittifoqi fuqarolari uchun kirish bepul. Chipta Luvrga tashrif buyurilgan kun va keyingi kuni Ejyen Delakrua nomidagi Milliy muzeyga ham kirish huquqini beradi.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Oliy sudi Trampga Baydenning migratsiya dasturini bekor qilishga ruxsat berdi
Jahon | 22:54
-
“Sotilmaydi”, lekin sotuvda: Bektemirdagi bog‘ atrofida nima bo‘lyapti?
Jamiyat | 22:30
-
30 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:30
-
Turkiyada fohishalikka majburlab kelingan 3 nafar o‘zbekistonlik ayol deportatsiya qilindi
Jahon | 22:21
Mavzuga oid

10:18 / 18.04.2025
Parijda AQSh, Yevropa va Ukraina o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

14:20 / 15.04.2025
Parij: Jazoir 12 nafar fransiyalik amaldorni chiqarib yuboryapti

14:10 / 07.04.2025
Parijda Marin Le Penni qo‘llab-quvvatlash namoyishi bo‘lib o‘tdi

10:51 / 24.03.2025