Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda bemorni olib ketayotgan kichik tibbiy samolyot uylar ustiga qulab tushdi
Filadelfiya shahrida qulagan kichik tibbiy samolyot Meksikaga ketayotgandi. Uning bortida to‘rt nafar ekipaj a’zosi, bir bemor va uning onasi – jami 6 kishi bo‘lgan, ulardan hech biri omon qolmagan.

Foto: Matt Rourke / AP
AQShning Pensilvaniya shtati Filadelfiya shahrida Learjet 55 rusumli kichik samolyot turar-joy mavzesiga qulab tushdi, oqibatda yong‘in yuzaga keldi.
Samolyot bemorlarni tashishga mo‘ljallangan tez yordam uchog‘i bo‘lgan. CNN xabariga ko‘ra, uning bortida bemor qiz, uning onasi, ikki nafar tibbiyot xodimi va ikki nafar uchuvchi bo‘lgan.
Layner bemor qizni AQShda o‘tkazilgan hayotiy muhim muolajadan so‘ng vataniga – Meksikaga qaytarib olib ketayotgan bo‘lgan.
Samolyot Meksikaning Jet Rescue Air Ambulance kompaniyasiga qarashli bo‘lib, bortdagilar ham Meksika fuqarolari bo‘lgan. Jet Rescue Air Ambulance vakillari halokat paytida biror kishi omon qolgani haqida ma’lumot yo‘qligini bildirdi.
Samolyotning qulashi natijasida yerda kelib chiqqan yong‘in bir nechta uylarga zarar yetkazdi. Kamida 6 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qildi.
🚨#BREAKING: New Dashcam video footage has emerged after Learjet 55, operated by Jet Rescue Air Ambulance, crashed killing multiple passengers ⁰
— R A W S A L E R T S (@rawsalers) February 1, 2025
📌#Philadelphia | #PA ⁰⁰Watch as new dashcam video captures a massive explosion following a Learjet 55 crash in Northeast… pic.twitter.com/PriNXfy5tz
BREAKING VIDEO
— PhillyCrimeUpdate (@PhillyCrimeUpd) February 1, 2025
Philly man is recording as plane crashed and explodes in Northeast Philadelphia pic.twitter.com/LqPqbD1nf7
Aviahalokat sabablari aniqlanmoqda. Kuzatuvchilardan biri CNN telekanaliga samolyot havoda portlaganini aytgan. Portlashga bortdagi kislorod ballonlari sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Filadelfiyada yuz bergan hodisa AQShda bir hafta ichida kuzatilgan ikkinchi aviahalokat bo‘ldi. 29 yanvar kuni kechqurun poytaxt Vashingtondagi Ronald Reygan aeroporti yaqinida American Airlines yo‘lovchi samolyoti va AQSh armiyasining Black Hawk vertolyoti havoda to‘qnashib ketgan, ikkalasi ham Potomak daryosiga qulagandi. Samolyotda 64 kishi, vertolyotda esa uch nafar harbiy xizmatchi bo‘lgan. Fojia oqibatida hech kim tirik qolmagan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

23:54 / 14.07.2025
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin

21:01 / 14.07.2025
Tramp Rossiyaga Ukraina bilan kelishuvga erishish uchun 50 kun muhlat bermoqchi

20:02 / 14.07.2025
Interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini AQShda qo‘lga oldi

19:14 / 14.07.2025