Ukrainaning Slovakiyadagi elchisiga norozilik notasi topshirildi
Bratislava Kiyevni «Ukraina tomonining bayonotlari» tufayli tanqid qildi - bu Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso tanqid ostiga olinishi fonida sodir bo‘ldi.

Miroslav Kastran Foto: Facebook / Myroslav Kastran
29 yanvar, chorshanba kuni Ukrainaning Slovakiyadagi elchisi Miroslav Kastran Bratislavadagi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga norozilik notasi topshirildi. Bunga «Slovakiya Respublikasining ichki ishlariga aralashish» sifatida baholangan «Ukraina tomonining bayonotlari» sabab bo‘ldi, deb xabar beradi dpa agentligi.
Hujjat matnida Slovakiya TIV kimning va qaysi bayonotini nomaqbul deb topgani ko‘rsatilmagan. Bir kun avval Kiyevdagi Tashqi ishlar vazirligi o‘zining rasmiy veb-saytidagi bayonotida Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoni tanqid qilgan, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa Fitso mamlakat suvereniteti evaziga «Moskvani tanlayotganini» aytgandi.
Slovakiyada hukumatga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi
24 yanvar kuni Slovakiyada o‘n minglab odamlar mamlakat hukumati siyosatiga qarshi norozilik bildirish uchun ko‘chalarga chiqdi. Dpa axborot agentligining xabar berishicha, namoyishchilar bosh vazir Robert Fitsoning iste’fosini talab qilishgan. Tashkilotchilarga ko‘ra, o‘sha kuni eng katta maydonga — Bratislavadagi Slovakiya hukumati qarorgohi oldida — 60 mingga yaqin odam to‘plangan.
Boshqalar qatorida Mier Ukrajine («Ukrainaga tinchlik») tashkiloti norozilik namoyishlariga chaqirdi. Uning vakili Marian Kulich jurnalistlarga tushuntirganidek, tarafdorlari Rossiyaga nisbatan «hamkorlikka» qarshi. «Slovakiya Yevropaning bir qismidir», dedi u. Ayni paytda, dpa muxbirlarining ta’kidlashicha, avvalgi shunga o‘xshash harakatlardan farqli o‘laroq, 24 yanvar kuni Ukraina bayroqlari sezilarli darajada kamaygan. Buning o‘rniga namoyishchilar Slovakiya milliy bayroqlari va Yevropa Ittifoqi bayroqlarini olib kelishdi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Real» – «Borussiya» o‘yinida drama: qo‘shimcha daqiqalarda uchta gol urildi
Sport | 11:26
-
“Sun’iy intellekt bizni ishsiz qoldirmaydi, lekin...” - AQShdagi o‘zbek tadqiqotchisi bilan suhbat
O‘zbekiston | 11:10
-
«PSJ» 9 kishi bo‘lib «Bavariya»ni klublar mundialidan chiqarib yubordi
Sport | 09:30
-
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:20
Mavzuga oid

14:30 / 05.07.2025
Ukraina sobiq mudofaa vaziri Reznikovning uyida tintuv o‘tkazildi

12:45 / 05.07.2025
NBC: AQShdagi tekshiruvda qurol-yarog‘ taqchilligi aniqlanmadi

18:38 / 04.07.2025
Rossiyaning yozgi yurishi: Ukrainadagi vaziyat bir oy ichida qanday o‘zgardi?

13:50 / 04.07.2025