Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektrlashtiriladigan xonadonlarga imtiyozli tarif joriy etiladi - Mirzamahmudov
Davlat rahbari elektrlashtirilgan xonadonlarga imtiyozli tarif qilib berish bo‘yicha topshiriq berdi, deya ma’lum qildi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Avvalroq yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylar gazga ulanmasligi xabar qilingandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekistonda tabiiy gazga ulanmagan, elektrlashtiriladigan xonadonlar uchun elektr energiyasining imtiyozli tarifi joriy etiladi. Bu haqda prezident huzuridagi yig‘ilishdan keyin energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ma’lum qildi.
“Elektr energiyasi iste’moli ortishi bilan birga aholi, elektr transportlari va boshqa yo‘nalishlarda, ayniqsa, elektrlashtiriladigan xonadonlarga imtiyozli tariflar qilib berish bo‘yicha mexanizmlar bo‘yicha topshiriqlar berdilar”, – dedi vazir “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qurilish va energetika sohalaridagi loyihalarda mahalliy mahsulotlardan foydalanishga asosiy e’tibor qaratiladi. Energetika vazirligi qoshida Energetika instituti tashkil etiladi.
“Barcha topshiriqlar bo‘yicha qisqa muddatlarda dastur loyihasi kiritiladi”, – dedi Mirzamahmudov.
Avvalroq Kun.uz joriy yildan boshlab yangi quriladigan ko‘p kvartirali uylar tabiiy gaz tarmog‘iga ulanmasligi haqida xabar bergandi.
Eslatib o‘tamiz, Jo‘rabek Mirzamahmudov 2024 yil oktyabr oyidagi intervyusida tabiiy gaz bilan ta’minlanmagan hududlardagi xonadonlar uchun elektr energiyasiga 50 foizlik chegirma berilishi, bu tartib 1 yanvardan joriy qilinishi mumkinligini aytgandi. Lekin bu amalga oshmadi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senat xorijdan qaytganlarni OIV majburiy tekshiruvidan o‘tkazish haqidagi qonunni ma’qulladi
O‘zbekiston | 21:29
-
Uitkoff uchun uyushtirilgan «sahna» - Tramp vakilining Isroil yordam markazlariga tashrifi G‘azodagi vaziyatni o‘zgartira oladimi?
Jahon | 20:49
-
Putin va Lukashenko skameykada o‘tirib intervyu berdi
Jahon | 20:34
-
Trampning ultimatumidan keyin Putin: «Oreshnik»ni seriyali chiqara boshladik»
Jahon | 20:07
Mavzuga oid

19:30 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida kelib chiqqan yong‘in to‘liq o‘chirildi

13:48 / 10.02.2025
Buxoroda magistral gaz quvurida avariya ro‘y berdi

15:48 / 08.02.2025
Prezident Ai-80dan voz kechish va aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlash topshirig‘ini berdi

20:09 / 03.02.2025