O‘zbekistonda bloklangan TikTok eng ko‘p soliq to‘lagan xorijiy bigtex qatoriga kirdi
2024 yilda xorijiy yirik IT-kompaniyalarning O‘zbekistonda to‘lagan soliqlari 1,5 barobarga oshib, 9 mln dollarga yetdi. Top o‘ntalikka ilk bor TikTok ham qo‘shildi, vaholanki, bu platforma O‘zbekistonda bloklangan.

Foto: Bloomberg
O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar 2024 yilda qariyb 116 milliard so‘m soliq to‘ladi, deb xabar beradi Soliq qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, mamlakatda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 63 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024 yilda 115,8 milliard so‘m soliq to‘langan — bu 2023 yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘p. Shu bilan birga, ushbu kompaniyalar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi ham 1,5 baravarga o‘sib, 959 milliard so‘mni tashkil etgan.
Meta kompaniyasi eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniya aylandi — 41,71 milliard so‘m. Undan keyingi o‘rinlarni Google (28,9 milliard so‘m) hamda Apple (27,3 milliard so‘m) kompaniyalari egallagan.
Shuningdek, 2021 yilning yozidan beri O‘zbekistonda rasman bloklangan, ammo 2023 yilda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan TikTok ijtimoiy tarmog‘i o‘tgan yil davomida 903 million so‘m soliq to‘lab, eng yirik soliq to‘lovchilar o‘ntaligiga kirgan.
To‘langan soliqlarning 99,9 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniyalar hissasiga to‘g‘ri kelgan:
- Meta — 41,7 mlrd so‘m;
- Google — 29 mlrd so‘m;
- Apple — 27,3 mlrd so‘m;
- Amazon — 4,1 mlrd so‘m;
- Booking.com — 3,6 mlrd so‘m;
- Netflix — 1,4 mlrd so‘m;
- Zoom — 1,4 mlrd so‘m;
- Acca — 1,2 mlrd so‘m;
- Xsolla — 966,7 mln so‘m;
- TikTok — 903 mln so‘m.
«Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi», — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskva davlat universitetining Toshkent filialida 2025/26 o‘quv yili uchun qabul boshlandi
Jamiyat | 19:00
-
Mutaxassislar Apple, Google va Telegram'ning 16 milliard paroli sizib chiqqani haqida xabar berdi
Jahon | 18:59
-
Transport vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojiga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi
O‘zbekiston | 18:29
-
Prezident Yakkabog‘dagi «Yangi O‘zbekiston» massivini ko‘zdan kechirdi
O‘zbekiston | 18:17
Mavzuga oid

00:42 / 13.05.2025
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi

19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi

17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi

18:27 / 18.04.2025