Turkiyada 78 kishining o‘limiga olib kelgan mehmonxonadagi yong‘in nima sababdan yuz bergani aniqlandi
Tergov bilan shug‘ullangan mas’ul organlarga ko‘ra, yong‘in mehmonxona restoranidan boshlangan. Nonushta tayyorlash vaqtida qizib turgan yog‘ alangalanib ketgan, oshpazlar esa uni suv yordamida o‘chirishga uringan.

Foto: Sabah
Tergov Turkiya shimoli-g‘arbidagi Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortida joylashgan mehmonxonada yuz bergan yong‘in nima sababdan kelib chiqqanini aniqladi, deb xabar beradi Sabah gazetasi.
Mas’ul organlarning ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in soat 03:21 da mehmonxona restoranida boshlangan. Bu vaqtda oshxona ishchilari nonushta tayyorlash maqsadida mahsulotlarni gril-plitada qovurayotgan bo‘lgan. Qurilma ustidagi yog‘ uzoq vaqt davomida qizib ketgani bois kutilmaganda alangalangan.
Oshpaz va oshxona ishchilari olovni mustaqil o‘chirishga uringan. Ammo o‘t o‘chirish moslamasidan foydalanish o‘rniga ular alanga ustiga suv sepishga qaror qilgan. Bu esa ovolning yanada tarqalishiga sabab bo‘lgan.
Olov moy izlaridan tozalanmagan havoni tortish va ventilyatsiya tizimi orqali tomga tarqalgan. Natijada alanga butun binoni qamrab olgan. Shunday qilib, Grand Kartal mehmonxonasida sodir bo‘lgan yong‘in oshpazlarning mas’uliyatsizligi oqibatida kelib chiqqan.
Bunga qo‘shimcha ravishda fojia yuz bergan vaqtda mehmonxona o‘t o‘chirish tizimi ishlamayotgan bo‘lgan. Bu esa mehmonlar xavfdan o‘z vaqtida ogohlantirishsiz qolib ketishiga olib kelgan. Vahimaga tushgan oshxona xodimlari yuzaga kelgan yong‘indan mehmonlarni xabarsiz qoldirib, ko‘chaga yugurib chiqqan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, to‘rt nafar oshxona xodimi, oshpaz Feysal Yaver, shuningdek, Yusuf Qoraxonli, Fidan Kurch va Mehmen Gyunduz ismli ishchilar qo‘lga olingan. Ularga nisbatan odamlar o‘limiga olib kelgan mas’uliyatsizlik moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.
21 yanvar kuni boshlangan yong‘in vaqtida ba’zi mehmonlar mehmonxona oynasidan sakragan. Boshqalar esa bog‘langan choyshab va adyol yordamida yerga tushishga harakat qilgan. Yong‘in joyiga o‘nlab o‘t o‘chirish mashinasi va 38 ta tez tibbiy yordam mashinasi jo‘natilan. Mehmonxonaning tog‘ yonbag‘rida joylashgani qutqaruv ishlarini qiyinlashtirgan. Hodisa oqibatida jami 78 kishi halok bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Rossiyaning butun Ukrainaga bo‘lgan da’vosi haqida ma’lum qildi
Jahon | 08:41
-
Depozitar operatsiyalar hisobini yuritish qoidalari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 08:36
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
-
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV
Jahon | 01:30
Mavzuga oid

09:48 / 17.06.2025
Erdo‘g‘an: Qisqa vaqtda hech kim bizga qarshi chiqishga jur’at etolmaydigan darajaga chiqamiz

12:55 / 09.06.2025
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida maktab ochiladi

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

19:16 / 07.06.2025