Tijorat banklari tergovchilarning qonuniy topshiriqlariga amal qilmayapti - Ombudsman
O‘zbekistonda fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanib, banklaridan kredit olish ko‘paygan. Ombudsmanning ma’lum qilishicha, bunday firibgarlik yuz berganda tergovchilar aybdor shaxslar topilguniga qadar qarzdorlik va foizlarni to‘xtatib turish haqida banklarga qonuniy topshiriqlar yuborgan. Lekin banklar aldangan fuqarolardan kreditni to‘lashni talab qilib kelmoqda.
Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga 2024 yilda fuqarolardan iqtisodiy huquqqa oid 6 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Bu murojaatlarning 9 foizi firibgarlik holatlari bilan bog‘liq.
Xususan, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari asosida turli tijorat banklaridan kredit ajratish holatlari sezilarli darajada ko‘paygan. 2023 yilda shunday murojaatlar soni 110 tani tashkil qilgan bo‘lsa, 2024 yilda bu raqam 42 foizga oshgan.
“Murojaatlarning 60 foizida o‘zini Click kompaniyasi yoki Markaziy bank xodimi sifatida tanishtirgan shaxslar fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalangan holda, onlayn kreditlar rasmiylashtirgan. Ayrim holatlarda esa bir shaxs nomiga 5-6 ta tijorat banklaridan kreditlar rasmiylashtirilgan”, – deyiladi Ombudsman matbuot xizmati xabarida.
Onlayn firibgarliklar bilan bog‘liq murojaatlar yuzasidan ichki ishlar organlari tergovchilari tomonidan tijorat banklariga ushbu fuqarolar kredit mablag‘laridan o‘zlari foydalanmaganligi hamda fuqaroviy da’vogar deb topilganligi, shuningdek, aybdor shaxslar topilguniga qadar kredit qarzdorligi hamda unga foizlar hisoblashni to‘xtatib turish yuzasidan topshiriqlar yuborilgan. Jinoyat protsessual kodeksining 36-moddasiga ko‘ra, tergovchining o‘z yurituvidagi ish bo‘yicha qonunga muvofiq bergan yozma topshiriqlari va qarorlari barcha tashkilotlar, mansabdorlar va fuqarolar uchun majburiy. Lekin, shunga qaramay banklar tomonidan firibgarlik natijasida aldangan fuqarolardan kreditni to‘lash talab qilib kelinmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Ombudsman ushbu yo‘nalishdagi murojaatlar bo‘yicha fuqarolar manfaatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga 5 ta da’vo arizalari kiritib, banklar bilan tuzilgan kredit shartnomalari haqiqiy emas deb topilishiga erishgan. 1 nafar fuqaro nomiga olingan kredit mablag‘lari uning foydasiga qaytarilib, ma’naviy zarar undirildi.
Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilda firibgarlik yo‘li bilan fuqarolar nomiga onlayn kredit ajratish orqali 463 ta holatda qariyb 15 mlrd so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazilgan.
Ombudsmanga ko‘ra, mazkur sohadagi muammolar bilan bog‘liq murojaatlarning o‘sishini asosan aholining ehtiyotsizligi, axborot xavfsizligi va iqtisodiy bilimlarining yetarli emasligi sabab bo‘lmoqda.
Kun.uz banklar bilan bog‘liq holatga aniqlik kiritish uchun O‘zbekiston Markaziy bankiga so‘rov yubordi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda elektr uzilishlari ko‘paydi. HET buni “qishga tayyorgarlik” bilan izohladi
O‘zbekiston | 15:51
-
YUNISEF: Ukrainada tobora ko‘proq bolalar urush qurboniga aylanmoqda
Jahon | 15:44
-
May oyida O‘zbekistonga 1,1 mlndan ortiq sayyoh tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 15:43
-
Hayot Bank Toshkentda yangi bank xizmatlari markazini ochdi
O‘zbekiston | 14:59
Mavzuga oid

09:02 / 26.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?

12:40 / 25.06.2025
Bankni tugatishga oid qoidalar belgilandi

11:42 / 25.06.2025
O‘zbekistonda sanatsiya qilish jamg‘armasi tashkil etiladi

09:41 / 25.06.2025