Toshkentda Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi
“Turkiy davlatlar xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Toshkent shahrida Turkiy davlatlar xalqaro universiteti tashkil etiladi.
Quyidagilar Universitet faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi, jumladan:
- muhandislik, qurilish, logistika, axborot texnologiyalari va dasturlash, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati hamda iqtisodiy va ijtimoiy soha uchun xalqaro standartlarga muvofiq oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash;
- o‘quv dasturlarini xorijiy, shu jumladan, Turkiyaning yetakchi oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlari asosida joriy etish hamda ilmiy-tadqiqotlar olib borish.
Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi hamda o‘z faoliyatini O‘zbekistonning ta’lim sohasidagi qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiradi.
2025-2026 o‘quv yilidan Universitetda ta’lim jarayoni ta’lim sohasida xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga kirgan, shuningdek, o‘z yo‘nalishida yetakchi hisoblangan Turkiya Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlarining o‘quv dasturlari asosida tashkil etiladi.
Universitetda talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda qabul parametrlari va to‘lov-kontrakt miqdori Universitet tomonidan belgilanadi.
Universitet faoliyatini yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqaruv kengashi tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
"Jasorat maktablari"ga qanday o‘qishga kirish mumkin?
O‘zbekiston | 12:03
-
YeIdan ikki tashkilot Rossiyadagi «nomaqbul» tashkilotlar reyestriga qo‘shildi
Jahon | 11:48
-
Sotilmagan munitsipal obektlar ijaraga beriladi
O‘zbekiston | 11:37
-
Tramp: Putin AQShning yangi sanksiyalari tahdididan xavotirda
Jahon | 11:20
Mavzuga oid

11:06
Atirau-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

14:31 / 04.07.2025
Toshkent metrosining 13 ta bekatida vestibyulning bir tomonidagi kassa yopildi

19:49 / 03.07.2025
Toshkentning 4 ta tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

19:43 / 03.07.2025