Xavfli obektlardan foydalanuvchi tashkilotlar xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan “Xavfli ishlab chiqarish obektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:
🔹xavfli ishlab chiqarish obektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tartibi, muddatlari va ularni amalga oshiruvchi tashkilotlar;
🔹xavfli ishlab chiqarish obektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi, muddatlari, attestatsiya turlari hamda attestatsiyadan o‘tkaziladigan xodimlar toifalari;
🔹attestatsiya komissiyasining tarkibini shakllantirish va faoliyatini tashkil etish;
🔹attestatsiya natijalari bo‘yicha appelyatsiya berish va uni ko‘rib chiqish qoidalari.
Xodimlar davriy attestatsiyadan quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:
▪️xavfli ishlab chiqarish obektidan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar xodimlari, ularning markaziy attestatsiya komissiyalari raislari va rais o‘rinbosarlari – besh yilda bir marta;
▪️muhandis-texnik xodimlar, shuningdek, attestatsiya komissiyalari a’zolari – uch yilda bir marta;
▪️xavfli ishlab chiqarish obektidan foydalanuvchi tashkilotlarda faoliyat yuritadigan boshqa ishchi-xodimlar – bir yilda bir marta.
Mavzuga oid

15:41 / 28.04.2025
Bahorgi attestatsiyadan boshlab ayrim pedagoglarga 70 foizlik ustama to‘lanadi

11:58 / 25.04.2025
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi

18:01 / 23.04.2025
Ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi

14:13 / 11.11.2024