Rossiyada nikoh asosida yashash uchun ruxsatnoma olish talablari kuchaytirildi
Endi vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma olish uchun xorijliklar Rossiya fuqarosi bilan kamida uch yil nikohda yashashi kerak.

Foto: Vedomosti
Rossiyada 25 yanvardan soxta nikohlarga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi. Unga ko‘ra, soddalashtirilgan tartibda vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma (VNJ) olish uchun xorijliklar Rossiya fuqarosi bilan endi kamida uch yil nikohda yashashi kerak. Agar nikoh buzilgan yoki sudda haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma ham bekor qilinadi.
Bundan tashqari, Rossiyada doimiy yashovchi va Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan farzandi bor, ota-onasidan biri Rossiya pasportiga ega bo‘lgan chet elliklarga VNJ sud tomonidan ularning birgalikda yashayotgani fakti tasdiqlanishi sharti bilan beriladi. Agar chet el fuqarosi ota-onalik huquqidan mahrum bo‘lsa yoki otalik bekor qilinsa, yashash uchun ruxsatnoma ham bekor qilinishi mumkin.
2023 yilda vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomalar berish to‘g‘risidagi qarorlarning umumiy sonining qariyb 40 foizi Rossiya fuqarosi bilan nikohda bo‘lganligi sababli qabul qilingan va yashash uchun ruxsatnomalarning yarmi Rossiya fuqaroligi bo‘lgan bolalarning mavjudligi asosida berilgan. Rossiya Ichki ishlar vazirligi avvalroq ko‘plab qarorlar soxta nikoh yoki soxta otalikka asoslangan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid

19:01 / 01.06.2025
Rossiyada terrorchilar uchun o‘lim jazosini joriy etish taklif qilindi

17:37 / 01.06.2025
Irkutsk oblasti ilk bor dronlar hujumiga uchradi. Ukraina OAV bu «Pautina» maxsus operatsiyasi ekanini ma’lum qildi

22:40 / 31.05.2025
“G‘arbiy Sibirni o‘zbeklar boshqargan” – tahlilchilar Rossiyada ko‘tarilgan shov-shuv haqida

16:55 / 31.05.2025