Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada mehmonxonada sodir bo‘lgan yong‘in qurbonlari soni 76 kishiga yetdi
Turkiya shimoli-g‘arbidagi 12 qavatli yog‘och mehmonxonada kechasi yong‘in chiqdi, uning ichida 200 dan ortiq kishi bo‘lgan. Yong‘in 10 soatdan keyin o‘chirildi. To‘qqiz kishi qo‘lga olingan.

Foto: AP / DIA /Mert Gokhan Koc
Turkiya shimoli-g‘arbidagi Kartalkaya tog‘-chang‘i kurortidagi mehmonxonada sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 76 kishiga yetdi, 52 kishining shaxsi aniqlangan, dedi Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya 21 yanvar, seshanba kuni kechki payt.
Avvalroq 66 kishi halok bo‘lgani, 51 kishi jarohatlangani xabar qilingan edi. Yong‘in 12 qavatli yog‘och binoning to‘rtinchi qavatida boshlangan. Yong‘in sodir bo‘lgan paytda Bolu viloyatidagi Grand Kartal mehmonxonasida jami 238 nafar mehmon istiqomat qilgan, dedi vazir.
Yong‘in boshlanganidan keyin ba’zi mehmonlar mehmonxona oynasidan sakragan, kamida ikki kishi halok bo‘lgan. Boshqalar esa bog‘langan choyshab va adyol yordamida yerga tushishga harakat qilishdi. Yong‘in joyiga o‘nlab o‘t o‘chirish mashinasi va 38 ta tez tibbiy yordam mashinasi jo‘natildi. Mehmonxonaning tog‘ yonbag‘rida joylashgani qutqaruv ishlarini qiyinlashtirgan.
Mehmonxona egasi qo‘lga olindi
Yong‘in 10 soatdan keyin o‘chirilgan. Yong‘inni o‘chirishda 200 dan ortiq kishi ishtirok etdi. Bolu viloyati gubernatori Abdulaliz Aydinning aytishicha, yong‘in deyarli nazorat ostida. Uning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in kelib chiqish sabablari hozircha aniq emas.
Fojia sabablarini aniqlash bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan va buning uchun olti nafar prokuror tayinlangan. To‘qqiz kishi, jumladan mehmonxona xo‘jayini qo‘lga olindi, deb xabar berdi IIV rahbari. Ular nimada ayblanayotgani hozircha noma’lum. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 22 yanvarni milliy motam kuni deb e’lon qildi.
Mashhur Kartalkaya tog‘-chang‘i kurorti Ko‘ro‘g‘li tog‘larida, Istanbuldan 270 kilometr uzoqlikda joylashgan. Ta’kidlaganidek, ayni paytda Turkiyada maktab ta’tillari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Veolia Energy Tashkent issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlarini to‘xtatdi
O‘zbekiston | 19:07
-
Rossiyada og‘ir ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
Jamiyat | 19:01
-
Yaponiya bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ta’lim: Toshkent Kimyo universiteti yangi bosqichda
Jamiyat | 19:00
-
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi
O‘zbekiston | 18:33
Mavzuga oid

09:48 / 17.06.2025
Erdo‘g‘an: Qisqa vaqtda hech kim bizga qarshi chiqishga jur’at etolmaydigan darajaga chiqamiz

12:55 / 09.06.2025
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshida maktab ochiladi

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

19:16 / 07.06.2025