Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Pulni savatga qo‘y va ketaver” – IIB xodimlari Registonga borgan sayyohdan pul so‘radi
Registonga borgan koreyalik sayyoh tarixiy joyga kirish uchun bilet qayerda sotilishini Ichki ishlar xodimlaridan so‘ragan. Ular sayyohdan 50 ming so‘m so‘rab, pulni devor orqasida turgan ishlatilmayotgan chiqindi qutilari ichiga qo‘yishni aytgan. Samarqand viloyat IIBning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, ikkala xodim ham ishdan bo‘shatilgan.

Foto: Videodan kadr
Koreyalik sayyoh Park Jun Hei YouTube'dagi “Deno trip” kanalida Samarqandga qilgan safari haqida video joylagan. Unda sayyoh tarixiy joyga kirish uchun bilet izlab yurganda 2 nafar ichki ishlar xodimini uchratgan. Xodimlardan biri undan 5 ming pul so‘ragan, dollar yoki so‘m ekaniga aniqlik kiritmagan.
Sayyoh so‘ralayotgan pul miqdorini aniqlashtirish uchun 50 ming so‘mmi deb qayta so‘ragan. Xodimlar shu raqamni tasdiqlagan. “Pulni ishlatilmayotgan savat ichiga qo‘yib ketaver”, – degan ikkala xodim ham sayyohga devor orqasida turgan bir nechta yashil chiqindi qutilarini ko‘rsatib. Video 2024 yilning 14 sentabrida joylangan.
Sayyoh ko‘rsatilgan joyga o‘zbek so‘mlarini qo‘yib ketgan, so‘ngra koreys tilida “Ular pora oldi”, – degan.
Kun.uz holatni aniqlashtirish uchun Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbaridan ma’lumot oldi.
“Mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, Patrul-post xizmati batalonining ikki nafar xodimi ichki ishlar organi xodimining sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etgani uchun xizmatdan bo‘shatilgan”, – deyiladi rasmiy axborotda.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Suv xo‘jaligi vazirligi huzurida call-markaz ishga tushdi
Jamiyat | 10:37
-
Ekinlar urug‘liklarining sifatini baholash tizimi isloh qilinadi
O‘zbekiston | 10:27
-
O‘zbekiston sportchilari Olimpiya o‘yinlariga kompleks tayyorlanadi
O‘zbekiston | 10:23
-
Toshkentda ko‘chalardan biri bir oyga transport harakati uchun yopildi
Jamiyat | 10:16
Mavzuga oid

15:43 / 05.07.2025
May oyida O‘zbekistonga 1,1 mlndan ortiq sayyoh tashrif buyurdi

11:39 / 25.03.2025
O‘zbekiston hindistonlik sayyohlar sonini uch baravar oshirishni rejalashtirmoqda

13:48 / 11.03.2025
2025 yilda O‘zbekistonga 12 mln xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda

15:52 / 27.02.2025