O‘zbekiston | 13:48 / 11.03.2025
1578
1 daqiqa o‘qiladi

2025 yilda O‘zbekistonga 12 mln xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda

Yamanning Hadramawt axborot agentligi O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan maqolani e’lon qildi.

Foto: Hadramawt

Unda ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi 2025 yilda mamlakatga 12 million xorijiy sayyoh kelishini prognoz qilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, qo‘mita raisi Umid Shodiyev respublika 2025 yilda Rossiyadan salkam bir million sayyohni jalb qilishni rejalashtirayotgani, bu esa 2024 yilga nisbatan 130 mingga ko‘p ekanligini bildirgan.

Bundan tashqari, 2025 yilda O‘zbekistonda mahalliy sayyohlar soni 23 millionga yetishi kutilmoqda. Turizm qo‘mitasi, shuningdek, sohaga doir xizmatlar eksportini 3,5 milliard AQSh dollariga yetkazishni maqsad qilgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 9 foizga ko‘pdir.

"2024 yilda O‘zbekistonga 10,2 million xorijiy sayyoh keldi. Bu ko‘rsatgich, 2023 yilga nisbatan 1,5 barobarga ko‘p. Xitoydan kelgan sayyohlar soni 1,8 barobarga, Italiyadan – 1,5 barobarga, Hindistondan – 1,6 barobarga oshdi", – deb yozgan Hadramawt.

Mavzuga oid