Biz sayt ishlashini yaxshilash va sizga qulaylik yaratish uchun cookies-fayllardan foydalanamiz. Davom etish orqali siz cookies-dan foydalanishga rozilik bildirasiz. Maxfiylik siyosati Kun.uz
«Amerikaning oltin asri hozirning o‘zidayoq boshlanadi». Trampning inauguratsiyasi qanday o‘tdi?
Marosimga Ilon Mask, Jyeff Bezos, Mark Tsukerberg kelishdi va oldingi qatorda turishdi. Xorijiy davlatlar rahbarlaridan faqat ikki kishi qatnashdi.
20 yanvar kuni Donald Tramp AQShning 47-prezidenti lavozimini rasman egalladi. U bilan birga vitse-prezident Jyey Di Vens ham qasamyod qildi.
Donald Tramp Kapitoliy rotondasidagi inauguratsiyasiga kelmoqda, 2025 yil 20 yanvar
Kenny Holston / Getty Images
Tramp AQSh Oliy sudi raisi Jon Robers qarshisida qasamyod qildi. Bu vaqtda uning yonida rafiqasi Melaniya Injil tutib turdi.
Shundan keyin Tramp inauguratsiya nutqini so‘zladi va tez orada qator «tarixiy hujjatlar» imzolashini bildirdi.
Xususan, avvalgi hukumatni tanqid qildi, inflatsiyani yengishga, «so‘z erkinligi va qonunni qaytarish»ga, «tinchlikparvar va birlashtiruvchi meros» qoldirishga, faqat ikki: erkak va ayol jinsini mustahkamlashga va’da berdi.
Oq uy veb saytining yangilangan bosh sahifasida Trampning surati va «Amerika qaytmoqda» yozuvi, shuningdek, bayonot paydo bo‘ldi: «Men har kuni tanamdagi har bir nafas bilan siz uchun kurashaman. Toki farzandlarimiz va siz munosib bo‘lgan kuchli, xavfsiz va farovon Amerika qurmagunimizcha tinchlanmayman. Bu haqiqatan ham Amerikaning oltin asri bo‘ladi».
O‘ngdan chapga: SpaceX asoschisi Ilon Mask, Google rahbari Sundar Pichai, Amazon asoschisi Jyeff Bezos rafiqasi, jurnalist Loren Sanches bilan, shuningdek Meta rahbari Mark Tsukerberg rafiqasi Prissilla Chan bilan Trampning inauguratsiyasida. Ular oldingi qatorda turishdi, ularning ortida esa yangi ma’muriyat a’zolari
Shawn Thew / Getty ImagesAQShning sobiq prezidenti Barak Obama Trampning inauguratsiyasida. Obama 2009 yildan 2017 yilgacha prezidentlik lavozimini egallagan
Shawn Thew / Getty ImagesIkki sobiq prezident — Bill Klinton (chapda) rafiqasi, sobiq davlat kotibi Hillari Klinton va kichik Jorj Bush (o‘ngda) Trampning inauguratsiyasida
Shawn Thew / Getty ImagesTramp lavozimini tark etgan AQSh prezidenti Jo Bayden bilan
Kenny Holston / The New York Times / AFP / Scanpix / LETAJo Baydenning rafiqasi Jill, Kamala Harrisning turmush o‘rtog‘i Dag Emhoff, AQShning 42-prezidenti Bill Klinton, uning rafiqasi hamda Trampning 2016 yilgi saylovlardagi raqibi Hillari Klinton va AQShning 43-prezidenti kichik Jorj BushKichik Jorj Bush, uning rafiqasi Lora Bush, AQShning 48-vitse-prezidenti (Trampning oldingi ma’muriyatida ishlagan) Mayk Pens hamda AQShning 44-prezidenti Barak ObamaTrampning oila a’zolari: ikkinchi o‘g‘li Erik Tramp, kuyovi Jared Kushner, qizi Ivanka Tramp va katta o‘g‘li kichik Donald TrampTramp binoga kirib kelgach, rafiqasidan bo‘sa olishga urindi, ammo shlyapa xalaqit qildiTrampning kichik o‘g‘li, 18 yoshli Berron Tramp onasi Melaniya Tramp bilanKichik Robert Kennedi, u sog‘liqni saqlash vaziri lavozimini egallab, «xronik kasalliklar epidemiyasiga chek qo‘yib, Amerikani yana buyuk va sog‘lom qilishi» kerakMarosimga Shou Tszi Chyu ham taklif etilgan — u xitoyliklarning shu kunlarda avvaliga AQShdagi faoliyatini to‘xtatgan va bir kun o‘tib tiklagan TikTok ijtimoiy tarmog‘i bosh direktoriArgentina prezidenti Haviyer Miley va Italiya bosh vaziri Jorjia Meloni — marosimga kelgan atigi ikki xorijiy davlat rahbariMarosim mehmonlari orasida Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson ham bor ediVitse-prezident Jyey Di Vens hamda Donald Tramp qasamyod matnini yodlashmoqdaDonald Tramp Oliy sud raisi Jon Robers qarshisida qasamyod qilmoqda. Prezident uchun Injilni Trampning rafiqasi — Melaniya tutib turibdi
Saul Loeb / Getty ImagesTramp rafiqasi Melaniya va farzandlari: o‘g‘li Berron (chapda) va Erik (chapdan ikkinchi) hamda qizi Tiffani (o‘ngda)
Shawn Thew / Getty ImagesTramp qasamyoddan keyin Jon Robersning qo‘lini siqib qo‘ymoqdaCapital One Arena sport zaliga inauguratsiyani tomosha qilish uchun yig‘ilgan odamlar
Christopher Furlong / Getty Images / AFP / Scanpix / LETATramp Kapitoliy rotondasidagi inauguratsiya marosimida nutq so‘zlamoqda
Kevin Lamarque / Getty ImagesVermont shtatidan saylangan senator, so‘lchi siyosatchi Berni Sanders ensasi qotgancha Trampning so‘zlarini tinglamoqdaJo Bayden va Kamala Harris Trampning nutqi vaqtidaDetroytlik pastor Lorenso Syuellning yorqin chiqishiCapital One Arena maydonidagi inauguratsiyani kuzatayotgan tomoshabinlar
Victor J. Blue / Bloomberg / Getty ImagesVashingtonda Trampning inauguratsiyasini tomosha qilayotgan odamlar
Kayla Bartkowski / Getty ImagesTrampning inauguratsiya marosimiga kelgan mehmonlar uning Kapitoliy rotondasidagi nutqini tinglamoqda
Jasper Colt / Getty ImagesDonald va Melaniya Tramp Jo va Jill Bayden bilan xayrlashmoqdaJo Bayden rafiqasi bilan Vashingtondan uchib ketgan vertolyot