Vatikan tarixida birinchi marta ayol kishi gubernator bo‘ladi
Gubernator bosh vazir vakolatlariga ega bo‘ladi, shuningdek, Rim papasi nomidan Vatikanni boshqaradi.

Foto: Reuters
Rim papasi Fransisk mart oyidan rohiba Rafaella Petrini Vatikan gubernatori etib tayinlanishi haqida e’lon qildi. U ushbu lavozimni egallagan birinchi ayol bo‘ladi, deb yozmoqda Vatican News.
Rim papasi Italiyaning Nove telekanalida efirga uzatiladigan ko‘rsatuvida o‘z niyatini ma’lum qilgan. Rafaella Petrini 2021 yildan buyon Vatikan shahar davlat gubernatorligining bosh kotibi lavozimini egallab kelmoqda.
“Ayollar bizdan ko‘ra yaxshiroq uddalaydi”, - deb ta’kidladi Fransisk Vatikanda ayollarga berilgan vazifalar haqida so‘z yuritarkan.
55 yoshli Petrini 2021 yildan beri bu lavozimda faoliyat yuritayotgan 79 yoshli kardinal Fernando Verges Alsaganing o‘rnini egallaydi.
Gubernatorlik lavozimini egallagan shaxs amalda davlat hukumatining rahbari hisoblanadi va bosh vazir vakolatlariga ega bo‘ladi, shuningdek, Rim papasi nomidan Vatikanni boshqaradi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi»ning yangi hujumchisi ishonchni oqlashni boshladi, Di Mariya va Otamendi «Benfika»ni qutqardi. Kun o‘yinlari
Sport | 11:48
-
Toshkentda sifati kafolatlanmagan dorini 16 ming dollarga sotayotgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 11:36
-
Yevroittifoq Qrim va Sevastopol uchun sanksiyalarni uzaytirdi
Jahon | 11:22
-
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14
Mavzuga oid

16:20 / 22.05.2025
Stubb: Vatikanda Ukraina-Rossiya muzokaralari o‘tkazilishi mumkin

16:27 / 19.05.2025
Rim papasining lavozimga kirishish tadbirida O‘zbekiston vakili qatnashdi

22:32 / 18.05.2025
Zelenskiy Rimda Vens va Rubio bilan uchrashuv o‘tkazdi

17:22 / 18.05.2025