Bog‘chada bolalarga kobra bilan tomosha ko‘rsatildi
Ichki ishlar organlari tomonidan holat qachon va qayerda sodir etilgani aniqlashtirilmoqda. Bolalar ombudsmani holatni nazoratga olgan.

Foto: Bolalar ombudsmani
Ijtimoiy tarmoqlarda bolalar bog‘chasida zaharli ilonlar bilan tomosha qo‘yilgani aks etgan videolavha tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanuvchilarga O‘rta Osiyo kobralari bilan tomosha uyushtirilgan. Bunda bog‘cha ma’muriyati tomonidan bolalarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfsizlik choralari ta’minlanmagan.
“Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan mazkur holat qachon va qayerda sodir bo‘lganini aniqlash choralari ko‘rilmoqda, vaziyatga huquqiy baho berish masalasi hal etiladi”, deyiladi Bolalar ombudsmani munosabatida.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi bildirilgan.
Avvalroq Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida ham ikki fuqaro tegishli ruxsatnomasiz ta’lim muassasalarida pul evaziga Qizil kitobga kiritilgan bo‘g‘ma ilon tomoshasini o‘tkazgani aniqlangan edi. O‘shanda noqonuniy saqlangan yo‘lbars pitoni hujjatlashtirilib, viloyat Ekologiya boshqarmasiga topshirilgandi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rossiya o‘z maqsadlariga erishadi». Putin Tramp bilan navbatdagi muloqotida nima haqda gaplashdi?
Jahon | 22:00
-
AQSh Eronga qarshi sanksiyalarini kengaytirdi
Jahon | 21:31
-
Turkiyada oqsim kasalligi tarqaldi
Jahon | 21:28
-
Shavkat Mirziyoyev IHT sammitining madaniy tadbirlarida ishtirok etdi
O‘zbekiston | 21:25
Mavzuga oid

12:13 / 29.04.2025
Toshkentda uyning ichiga kirib olgan ilon zararsizlantirildi

11:45 / 14.04.2025
FVV qutqaruvchilari uyning ichiga kirib olgan ilonni zararsizlantirdi

11:32 / 28.02.2025
“Ishni bosdi-bosdi qilishyapti” – tarbiyalanuvchilari kaltaklangan bog‘cha egasi amaldorning qarindoshi ekani aytilmoqda

16:46 / 25.02.2025