Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud Janubiy Koreyaning hokimiyatdan chetlatilgan prezidentini hibsda qoldirishga order berdi
Tergovchilar endi Yun Sok Yolni 20 kungacha hibsda ushlay oladi. Bu vaqt ichida prokuratura unga nisbatan ayblov e’lon qilishi kerak.

Sud Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilgani uchun hokimiyatdan chetlatilgan prezident Yun Sok Yolni rasman hibsga olish uchun order berdi, deb yozmoqda Yonhap agentligi.
Qayd etilishicha, Seul G‘arbiy okrug sudi orderni Yun isyon uyushtirgani va hokimiyatni suiiste’mol qilgani uchun bergan.
Tergovchilar endi Yun Sok Yolni 20 kungacha hibsda ushlay oladi, bunda uning 15 yanvar kuni Seuldagi qarorgohda ushlanganidan keyingi muddati ham hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarshi tergov boshqarmasi Yunni 10 kundan keyin prokuraturaga topshirishni rejalashtirmoqda. Shundan keyin prokuratura tergovni davom ettiradi va 20 kunlik muddat tugagunga qadar unga ayblov e’lon qiladi.
Yun Sok Yol 18 yanvar kuni o‘zining hibsga olinishi bo‘yicha o‘tkazilgan sud eshituviga tashrif buyurgan. U besh soatlik eshituv davomida 40 daqiqa so‘zga chiqqan, shuningdek, besh daqiqalik yakunlovchi nutqini ham gapirgan.
Yun harbiy holat joriy etishga uringani uchun hokimiyatdan chetlatildi
Janubiy Koreya parlamenti 14 dekabr kuni Yun Sok Yolni hokimiyatdan chetlatgan. Bunga davlat rahbari tomonidan 3 dekabr kuni siyosiy raqiblarga qarshi kurashish maqsadida e’lon qilingan harbiy holat sabab bo‘ldi. Yunning qarori jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘ldi va parlament harbiy holatni tezda bekor qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Bosh vazir Xan Dok Su dastlab prezident vazifasini bajaruvchi bo‘ldi. Biroq 27 dekabr kuni Janubiy Koreya parlamenti Xanni ham hokimiyatdan chetlatish uchun ovoz berdi. Uning o‘rniga bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Chxve San Mok prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, siyosatining ustuvor yo‘nalishi barqarorlikni tiklash bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh aeroportlarida tekshiruvdan o‘tishda poyabzal yechish talabi bekor qilindi
Jahon | 18:03
-
Tayvanda Xitoyning ehtimoliy hujumiga qarshi tarixdagi eng katta harbiy mashqlar boshlandi
Jahon | 17:44
-
Turkiyada Erdo‘g‘anni haqorat qilgani uchun Grok sun’iy intellekti bloklandi
Jahon | 17:42
-
Issiq havo Yevropada o‘lim holatlari sonini uch baravarga oshirdi
Jahon | 17:41
Mavzuga oid

23:21 / 07.07.2025
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi

17:11 / 06.07.2025
Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezidentni yana hibsga olishni so‘ramoqda

16:46 / 05.07.2025
Janubiy Koreya hukumati aholiga 110 dollardan tarqatadi

23:11 / 04.07.2025