Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston va Rossiya chegarasida joylashgan ikkita nazorat-o‘tkazish punkti yopiladi
«Alimbet» hamda «Sirim» nazorat-o‘tkazish punktlarida 2025 yil 1 fevraldan boshlab rekonstruksiya ishlari olib boriladi. Qozog‘iston tomoniga ko‘ra, rekonstruksiya jarayonlari 16 oy davom etadi.

Foto: Rosgranstroy
G‘arbiy Qozog‘iston va Aqto‘be viloyatlarida joylashgan «Alimbet» hamda «Sirim» nazorat-o‘tkazish punktlari rekonstruksiya ishlari olib borilishi sabab vaqtincha yopilishi rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi xabar berdi.
Qozog‘iston Transport vazirligining Avtomobil transporti va transport nazorati qo‘mitasiga ko‘ra, mazkur nazorat-o‘tkazish punktlari 2025 yil 1 fevraldan boshlab 16 oy muddatga yopiladi.
«Milliy tashuvchilardan xalqaro yuk tashuvlarini amalga oshirishni rejalashtirishda ushbu ma’lumotni inobatga olishlarini so‘rab qolamiz», — deyiladi xabarda.
«Rosgranstroy» ma’lumotlariga ko‘ra, «Sagarchin—Jaysan» va «Ilek—Oqsoy» chegara o‘tish joylari uchinchi davlatlar transporti uchun ochiq qoladi.
2024 yil noyabrda Rossiya va Qozog‘iston chegarasida yuk tashuvchi mashinalar tirbandligi yuzaga kelgandi. Ta’kidlanishicha, bunga Xitoy tovarlarining RFga qo‘shni davlat orqali tashuvlari ortgani sabab bo‘lgan. Bundan tashqari, qozog‘istonlik bojxonachilar deyarli har bir transport vositasini ko‘zdan kechiradi, bu esa ularning chegara punktida to‘rt kunlab qolib ketishiga sabab bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Starovoyt o‘zini o‘ldirishi Kurskda mudofaa inshootlari qurilishidagi o‘g‘irliklar bilan bog‘lanmoqda. Bu haqda nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16
-
Shavkat Mirziyoyev «Gazprom neft» kompaniyasi rahbari Aleksandr Dyukov bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 21:15
-
Rossiya USAID muqobilini tashkil qilmoqchi
Jahon | 20:58
-
Yil boshidan buyon sodir etilgan jinoyatlarning 42 foizini kiberjinoyatlar tashkil qildi
O‘zbekiston | 20:51
Mavzuga oid

20:58
Rossiya USAID muqobilini tashkil qilmoqchi

15:15
Yevropaning eng yirik porti Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda – OAV

15:02
Rossiyada «Golos» harakati o‘z faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi

14:52