Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston janubini ilgari Salim Abduvaliyev nazorat qilgani aytildi
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi mamlakat hududining bir qismi avvallari o‘zbekistonlik kriminal avtoritet Salim Abduvaliyev tomonidan nazorat qilinganini, ammo hozir bunga barham berilganini aytdi.

Foto: gov.kg
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (MXDQ) raisi Qamchibek Tashiyevning aytishicha, respublika hududining bir qismi avvallari o‘zbekistonlik kriminal avtoritet Salim Abduvaliyev tomonidan nazorat qilingan. Bu haqda u 16 yanvar kuni oliy ta’lim tizimi xodimlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb yozdi Kloop.
Tashiyevga ko‘ra, «Salimboyvachcha» nomi bilan tanilgan Abduvaliyev Qirg‘iziston janubini to‘liq nazorat qilgan.
«Uyushgan jinoiy guruhlarning barcha yetakchilari, yirik tadbirkorlar, hatto siyosatchilar va deputatlar ham uning oldiga borgan. Keyin esa hamma aytganlarini bajarishgan», dedi u.
Tashiyev kriminal avtoritet bilan bog‘liq faktlarni o‘tgan zamon fe’lida gapirib, hozir bunga barham berilganini ta’kidladi.
MXDQ raisi, shuningdek, mahalliy kriminal yetakchi Qamchibek Qo‘lboyevning o‘ldirilishi masalasini ham esladi. U «qonunga bepisand o‘g‘rini» yo‘q qilish buyrug‘ini berishga majbur bo‘lganini tan oldi, chunki jinoiy dunyo vakillari «butun mamlakat bo‘ylab hokimiyatni qo‘lga kiritib, davlat bilan taqqoslanadigan boshqaruv tizimini yaratgan edi».
«Ularning o‘z prezidenti - «qonunga bepisand o‘g‘ri», shuningdek, viloyat, tuman va shaharlar bo‘yicha nazoratchilar ham bor edi. Ular tadbirkorlardan pul yig‘ishgan. Men davlat manfaati uchun Qo‘lboyevni yo‘q qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishga majbur bo‘ldim. Uni yo‘q qildik, keyinroq esa sheriklari va uyushgan jinoiy guruhning boshqa a’zolarini ham yo‘q qildik», dedi Tashiyev.
Tashiyevning g‘urur bilan ta’kidlashicha, bugungi kunda Qirg‘iziston Markaziy Osiyo va butun possovet hududida uyushgan jinoiy guruhlar mavjud bo‘lmagan yagona davlatdir.
«Kolya qirg‘iz» laqabli Qamchibek Qo‘lboyev mashhur «qonunga bepisand o‘g‘ri»lardan biri edi. AQSh razvedka idoralari uni dunyodagi eng yirik narkobaronlar ro‘yxatiga va sobiq Sovet Ittifoqining eng nufuzli 10 nafar kriminal avtoriteti ro‘yxatiga kiritgandi. Qo‘lboyev 2023 yil 4 oktyabrda Qirg‘iziston xavfsizlik kuchlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida o‘ldirildi.
Salim Abduvaliyev 2024 yil mart oyida O‘zbekistonda o‘qotar qurollarning noqonuniy savdosi uchun 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. 2025 yil 12 yanvar kuni 73 yoshli Abduvaliyev sog‘lig‘iga ko‘ra qamoqdan ozod etilgani ma’lum bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya O‘zbekistonda rus tilini targ‘ib qilish bo‘yicha tadqiqot olib boradi
O‘zbekiston | 15:26
-
«Kuniga o‘rtacha 6 kishi vafot etayotgani barchani qattiq tashvishga solishi kerak» – prezident O‘zbekiston yo‘llaridagi holat haqida
O‘zbekiston | 15:24
-
Davlat dumasi FSBga o‘z tergov hibsxonalariga ega bo‘lish huquqini qaytardi
Jahon | 15:24
-
CNN: Tramp yopiq uchrashuvda Putinga «Moskvani bombalash» bilan tahdid qilgani haqida gapirib bergan
Jahon | 14:48
Mavzuga oid

14:57 / 07.07.2025
Tojikiston «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li loyihasiga qo‘shilmoqchi

20:14 / 03.07.2025
Qirg‘iziston aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa chiqdi. Nimaning hisobiga?

15:47 / 01.07.2025
Qirg‘iziston oliygohida mamlakatga umuman kelmagan o‘zbekistonlik talabalar aniqlandi

15:31 / 01.07.2025