Vengriyada O‘zbekiston kino haftaligi bo‘lib o‘tadi
O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tojixonov va Vengriya Milliy kino sanoati bo‘yicha hukumat komissari Chaba Kael o‘rtasida onlayn muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Foto: "Dunyo" AA
Onlayn uchrashuvda, shuningdek, Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev hamda Vengriya Milliy kino instituti direktori Akosh Pal ham ishtirok etishdi.
Muloqot chog‘ida, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy va ijodiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan kinematografiya sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari, shuningdek, qo‘shma filmlar suratga olish bo‘yicha hukumatlararo bitim loyihasini tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Shu o‘rinda, o‘zbek va vengr sayyohlari Mulla Sodiq hamda Armin Vamberi to‘g‘risida tarixiy qo‘shma film olish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida joriy yilning 30 yanvar-1 fevral kunlari Vengriyada O‘zbekiston kino haftaligini o‘tkazish hamda qo‘shma kinoloyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Tomonlar hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Mavzuga oid

17:20 / 28.05.2025
Birlik sari 71 qadam. Turkiy liderlar ilk marta Vengriyada yig‘ildi

12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

16:41 / 22.05.2025
2026 yildan O‘zbekistonda AES sovitish tizimlarini ishlab chiqarish boshlanadi

21:46 / 21.05.2025