MrBeast TikTok’ni “qutqarish uchun” uni sotib olmoqchiligini ma’lum qildi
TikTok’ka egalik qiluvchi ByteDance Xitoy kompaniyasi uni xorijiy kompaniyaga sotmasa, 19 yanvardan AQShda ushbu ijtimoiy tarmoq bloklanishi mumkin.

Fotokollaj: Getty images
Yirik loyihalar va xayriya tadbirlari bilan tanilgan amerikalik mashhur bloger MrBeast TikTok’ni sotib olishi mumkin. Shu tariqa bloger TikTok’ni AQShda bloklanishdan “qutqarmoqchi”.
“Mayli, TikTok’ni bloklamasliklari uchun uni sotib olaman”, — deya hazil aralash tvit yozgan MrBeast X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Blogerga ko‘ra, milliarderlar hamkorlik taklifi bilan allaqachon unga murojaat qilishni boshlagan.
“Taqdir hazilini qarang, men buni Twitter’da yozganimdan keyin menga shunchalik ko‘p milliarderlar murojaat qildiki, keling, buni amalga oshira olamizmi yo‘qmi, ko‘ramiz”, — deya yana bir post qoldirdi Mr Beast.
TikTok’ni sotish nima uchun kerak?
2024 yil aprel oyida AQShda TikTok’ni taqiqlashga olib kelishi mumkin bo‘lgan qonun loyihasi qabul qilingandi. Senat to‘rtta qonundan iborat to‘plamni qo‘llab-quvvatladi. Ulardan biri TikTok’ka egalik qiluvchi Xitoy kompaniyasi ByteDance’dan ilovani xorijiy kompaniyaga sotishni talab qiladi. Bu jarayon uchun to‘qqiz oy muddat belgilandi.
Aks holda, Amerikada ilovadan foydalanish imkoniyati yo‘qoladi. Belgilangan muddat 2025 yil 19 yanvarda tugaydi. Bu sana platformaning kelajagi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Avvalroq Bloomberg Xitoy hukumati TikTok’ning AQShdagi bo‘limini boshqarishni tadbirkor Ilon Maskka topshirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergandi. TikTok vakili esa Maskning ijtimoiy tarmoqni sotib olishi ehtimolini qat’iyan rad etdi.
TikTok qancha turadi?
The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, TikTok egasi ByteDance 2024 yilning to‘rtinchi choragida o‘zini taxminan 300 milliard AQSh dollariga baholagan. Shu tariqa u dunyodagi eng qimmat xususiy kompaniyalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Fransiya va Ispaniya rossiyaliklar uchun viza qoidalarini qat’iylashtirdi
Jahon | 08:48
-
Sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan dorilar savdoga chiqarilishining oldi olindi
Jamiyat | 08:45
-
Eron Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga zarba berish uchun raketalarni tayyorladi – OAV
Jahon | 01:54
Mavzuga oid

01:54
Eron Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga zarba berish uchun raketalarni tayyorladi – OAV

23:48 / 17.06.2025
AQSh Eronning yadro inshootlariga zarba berishi mumkin – OAV

23:30 / 17.06.2025
«O‘ldirmaslik buyurilgan». AQSh Isroilga nimanidir taqiqlay oladimi?

21:59 / 17.06.2025