Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshi tuman IIB vaqtincha saqlash hibsxonasi faoliyati to‘xtatildi - ombudsman
U yerda saqlanayotgan shaxslar kapital ta’mirlangan Kasbi tuman ichki ishlar bo‘limi vaqtincha saqlash hibsxonasiga ko‘chirilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda uning huzuridagi jamoatchilik guruhlari tomonidan 2024 yilda Qashqadaryo viloyatida joylashgan vaqtincha saqlash va tergov hibsxonalari, jazoni ijro etish muassasalari hamda maxsus qabulxonalarga monitoring tashriflari amalga oshirilgan bo‘lib, unda bir qator kamchiliklar aniqlangan.
Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ombudsman tomonidan Ichki ishlar vazirligiga taqdimnoma kiritilgan. Ma’lum qilinishicha, taqdimnoma asosida ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan. Jumladan, vaqtincha saqlash hibsxonalaridagi kameralarni ko‘zga ziyon yetkazmaydigan holda o‘qish yoki yozish uchun yetarli tabiiy va sun’iy yorug‘lik bilan ta’minlash, isitish hamda boshqa tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Bundan tashqari, Qarshi tuman ichki ishlar bo‘limi vaqtincha saqlash hibsxonasi faoliyati to‘xtatilib, saqlanayotgan shaxslar kapital ta’mirlangan Kasbi tuman ichki ishlar bo‘limi vaqtincha saqlash hibsxonasiga ko‘chirilgan.
Ombudsman taqdimnomasida bildirilgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etmagan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvlari o‘tkazilib, 1 nafar xodim lavozimidan ozod etilgan va 9 nafar xodimning xatti-harakatlari «Intizomiy kengashlar» tomonidan ko‘rib chiqilgan.
«Ayni paytda vazirlik tomonidan vaqtincha saqlash hibsxonalari sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda. Kameralar va yuvinish xonalarini kerakli jihozlar bilan ta’minlash va sanitariya talablariga muvofiqlashtirish ishlari davom etyapti», — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Pokiston fuqarolarga viza rasmiylashtirish jarayonini soddalashtiradi
Turizm | 09:47
-
Putin sud qarorisiz rossiyaliklarning hisobraqamini bloklashga ruxsat berdi
Jahon | 09:45
-
Olib kirilayotgan biologik faol qo‘shimchalarda giyohvandlik vositalari mavjudligi aniqlanadi
O‘zbekiston | 09:20
-
Germaniya Rossiya tufayli piyodalarga qarshi minalarga qaytishni muhokama qilmoqda
Jahon | 08:46
Mavzuga oid

15:59 / 16.07.2025
Qashqadaryodagi gaz zapravkasida katta yong‘in chiqdi

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

15:24 / 09.07.2025
Davlat dumasi FSBga o‘z tergov hibsxonalariga ega bo‘lish huquqini qaytardi

16:10 / 01.07.2025