Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyada yong‘inlar oqibatida ko‘rilgan zarar 275 mlrd dollarga baholanmoqda
Eng yirik yong‘inlardan biri ayni vaqtda Santa-Monika va Malibu shaharlari orasidagi hudud bo‘ylab yoyilgan - u yerdan AQShdagi eng qimmat turar-joy binolari o‘rin olgan.

Foto: AP Photo
Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari oqibatida yetkazilgan zarar miqdori 250-275 milliard dollarga yetishi mumkin. Bu haqda meteorologik ma’lumotlarni taqdim etish bilan shug‘ullanuvchi AccuWeather hisob-kitoblarida so‘z boradi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, olov 160 kilometr kvadratdan ortiq maydonga tarqalgan.
«Bu Kaliforniya tarixidagi eng dahshatli o‘rmon yong‘inlaridan biri. Agar yaqin kunlarda yanada ko‘proq inshootlar yonib ketsa, o‘rmon yong‘inlari kulga aylangan binolar va iqtisodiy yo‘qotishlar bo‘yicha shtatning zamonaviy tarixidagi eng yirik ofatga aylanadi», — deydi AccuWeather bosh meteorologi Jonatan Porter.
Porterning qo‘shimcha qilishicha, yong‘in oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 250-275 milliard dollar zarar yetkazilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Los-Anjyeles aholisi, ularning uylari, mahalliy biznes va turizm uchun xavf saqlanib qolyapti. Bundan tashqari, ayrim hududlarga yetkazilgan zarar ko‘lami hozircha noma’lum.
Eng yirik yong‘inlardan biri ayni vaqtda Santa-Monika va Malibu shaharlari orasidagi hudud bo‘ylab yoyilgan — u yerdan AQShdagi eng qimmat turar-joy binolari o‘rin olgan. Alanga mazkur hududda 95,9 kilometr kvadrat maydonga tarqalgan.
Los-Anjyelesda yong‘inlar 7 yanvar kuni boshlandi va shiddat bilan tarqaldi. Hozirga qadar kamida 24 kishi halok bo‘lgan, 12 mingdan ortiq inshoot yonib ketgan. Prezident Jo Bayden shtatda keng ko‘lamli ofat rejimini e’lon qilgan.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
-
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:14 / 29.07.2025
-
Toshkent viloyati IIBB va Samarqand viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi
O‘zbekiston | 23:00 / 29.07.2025
Mavzuga oid

13:14 / 22.07.2025
Los-Anjyelesdan 700 nafar dengiz piyoda askari olib chiqiladi

07:26 / 05.07.2025
Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari 22 ming gektardan ortiq maydonni qamrab oldi

08:29 / 02.07.2025
Turkiyada kanani yoqishga uringan erkak o‘rmonga o‘t qo‘yib yubordi

18:07 / 29.06.2025