Janubiy Koreyada hokimiyatdan chetlatilgan prezident hibsga olindi
Janubiy Koreyaning hokimiyatdan ag‘darilgan prezidenti qarorgohiga minglab politsiyachilar yetib keldi. Qo‘riqchilar qarshilik ko‘rsatganiga qaramay, Yun Sok Yol hibsga olindi.

Foto: Reuters
15 yanvar, chorshanba kuni axborot agentliklarining xabar berishicha, Janubiy Koreya hukumati hokimiyatdan chetlatilgan prezident Yun Sok Yolni shaxsiy qo‘riqchilari qarshilik ko‘rsatishiga qaramay, o‘z qarorgohida hibsga oldi. Yunning o‘zi hibsga olinganidan so‘ng «qonun ustuvorligi butunlay barbod bo‘lganini» aytdi, deb xabar beradi AP agentligi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, hibsga olish maqsadida Yun so‘nggi bir necha hafta davomida qolayotgan villaga 3000 dan ortiq politsiyachi yuborilgan. Yunning qarorgohi yonida uning yuzlab tarafdorlari va partiyadoshlari ham to‘planishgan.
Avvalroq Yunni hibsga olishga urinish 3 yanvar kuni amalga oshirilgan, biroq prezident qo‘riqchilarining qarshiliklari tufayli u muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
Advokatlar: Prezident Yun so‘roq qilinadi
Janubiy Koreya prezidentining advokatlari Yun Sok Yol 15 yanvar kuni Korrupsiya bo‘yicha bosh tergov boshqarmasi (CIO) tergovchilari tomonidan so‘roq qilinishini aytishdi. Yunning o‘zi ham «qon to‘kilmasligi» uchun so‘roqqa borishga rozi bo‘lganini qo‘shimcha qildi. Shu bilan birga, prezident o‘ziga nisbatan olib borilayotgan tergovni noqonuniy deb atadi.
O‘z navbatida, mamlakatning eng yirik muxolifat kuchi – "Toburo" demokratik partiyasi Yunning hibsga olinishini «demokratiya va qonun ustuvorligini tiklash yo‘lidagi birinchi qadam» deb atadi, deya yozadi Yonhap.
Sud birinchi marta amaldagi prezidentni hibsga olish uchun order berdi
Seulning G‘arbiy okrug sudi 31 dekabr kuni Yun Sok Yolni hibsga olish to‘g‘risida CIO orderini chiqardi. Bu hokimiyatdan ag‘darilgan prezident qo‘zg‘olonga boshchilik qilish va hokimiyatni suiiste’mol qilishda ayblanib, gumonlanuvchi sifatida uch marta so‘roqqa kelmaganidan keyin sodir bo‘ldi.
Bu Janubiy Koreya tarixida birinchi marta amaldagi davlat rahbarini hibsga olish uchun order chiqarilgan holat. Shuningdek, tintuv uchun order berildi, deb xabar qildi Yonhap.
Yun harbiy holat joriy etishga uringani uchun hokimiyatdan chetlatildi
Janubiy Koreya parlamenti 14 dekabr kuni Yun Sok Yolni hokimiyatdan chetlatgan. Bunga davlat rahbari tomonidan 3 dekabr kuni siyosiy raqiblarga qarshi kurashish maqsadida e’lon qilingan harbiy holat sabab bo‘ldi. Yunning qarori jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘ldi va parlament harbiy holatni tezda bekor qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Bosh vazir Xan Dok Su dastlab prezident vazifasini bajaruvchi bo‘ldi. Biroq 27 dekabr kuni Janubiy Koreya parlamenti Xanni ham hokimiyatdan chetlatish uchun ovoz berdi. Uning o‘rniga bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Chxve San Mok prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, siyosatining ustuvor yo‘nalishi barqarorlikni tiklash bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00
-
Sankt-Peterburgdan Toshkentga uchishi kerak bo‘lgan aviareys kechiktiriladi
Jamiyat | 19:55
-
Moskvada OMON migrantlarga kuch ishlatdi. O‘zbekiston TIV va Migratsiya agentligi vaziyatni o‘rganmoqda
O‘zbekiston | 19:46
-
Bu yilgi may oyi O‘zbekiston meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng ilig‘i bo‘ldi - «O‘zgidromet»
O‘zbekiston | 19:19
Mavzuga oid

13:09 / 04.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Li Chje Myonni tabrikladi

00:03 / 04.06.2025
Janubiy Koreyaning yangi prezidenti saylandi

20:41 / 03.06.2025
“Saylovga tayyor nomzodlar yo‘q edi” – Koreyada navbatdan tashqari saylov qanday o‘tdi?

18:49 / 29.05.2025