Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi Shirin shaharchasida yerusti metrosi quriladi
Deputatlar Shirin shaharchasi quriladigan hududni Samarqand shahri tarkibiga o‘tkazishni ma’qulladi. Bu yerda 254 ta ko‘p qavatli uy-joy, 19 ta biznes markaz, 6 km uzunlikdagi yer usti metrosi, 2 ta katta ko‘prik va boshqa obektlarni qurish ko‘zda tutilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Samarqand viloyatining Samarqand shahri, Samarqand va Oqdaryo tumanlari chegaralari o‘zgartiriladi. Qonunchilik palatasi tegishli qarorni qabul qildi.
Palata xabarida aytilishicha, Samarqand tumanidan 170 gektar va Oqdaryo tumanidan 243 gektar yer maydoni Samarqand shahri tarkibiga o‘tkazilmoqda.
Mazkur tuman va shahar chegaralarining o‘zgarishi bilan “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi tashkil etilib, ushbu hududda 254 ta ko‘p qavatli uy-joy, 19 ta ishbilarmonlik va biznes markazi, 50 ta ijtimoiy soha obekti, 89 ta ko‘ngilochar va savdo kompleksi hamda tarixiy shaharcha barpo etiladi.
Hududda 112 km ichki yo‘l, piyodalar va velosiped yo‘laklari, 6 km yer usti metro yo‘li, 2 ta katta ko‘prik hamda 7,2 km ichki kommunikatsiya uchun tunnel, 180 km irrigatsiya quvuri hamda 14 km kanal va ko‘plab sug‘orish inshootlari quriladi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqand shahrida “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish to‘g‘risida 2023 yil iyulida prezident qarori qabul qilingan edi. Qarorda, shaharcha 2023-2030 yillarda 665 gektar maydonda qurilishi, davlat banklari loyihaga 100 mln dollar ekvivalentida kredit ajratishi ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Moldova va yana yetti davlatga bojlar joriy qilmoqda
Jahon | 10:39
-
Rossiya Kiyevga dronlar va ballistik raketalar bilan hujum qildi
Jahon | 10:20
-
Andijon va Surxondaryoda soliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi
Jamiyat | 10:16
-
O‘zbekistonning Koreyadagi turizm brendi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 09:56
Mavzuga oid

22:00 / 05.07.2025
«Samarqand qog‘ozi» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

08:25 / 05.07.2025
Samarqandda inspeksiya bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi

11:37 / 04.07.2025
Samarqand no‘xatsho‘ragi geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

12:10 / 03.07.2025