7 ta gol urilgan super klasikoda «Barsa» yirik hisobda g‘alaba qozonib, 15-bor Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi

Foto: Reuters
Jiddada o‘tgan Ispaniya Superkubogi finalida «Barselona» va «Real» o‘zaro to‘qnash keldi. 7 ta gol urilgan bellashuvda Kataloniya klubi azaliy raqibini yirik hisobda yengib, Flik qo‘l ostida ilk sovrinini qo‘lga kiritdi.
«Barsa»dan Yamal, Levandovski, Rafinya (2 ta) va Balde, madridliklardan Mbappe hamda Rodrigo o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 56-daqiqada Shesni birga-bir vaziyatda Mbappeni to‘xtatib qolgani uchun chetlatildi.
Shu tariqa «Barselona» 15-bor Ispaniya superkubogi sohibiga aylanib, eng yaqin ta’qibchisi «Real» (13) bilan farqni oshirdi.
Ispaniya Superkubogi. Final
12 yanvar, «King Abdullah Spors City»
Real — Barselona 2:5
Gollar: Yamal (22), Levandovski (36, penalti), Rafinya (39, 48), Balde (45+10) — Mbappe (5), Rodrigo (60).
Real – Kurtua, Mendi (Fran Garsiya, 75), Ryudiger, Chuameni (Modrich, 64), Vaskes (Asensio, 52), Kamavinga (Seballos, 46), Valverde, Bellinghem, Vinisius (Dias, 76), Rodrigo, Mbappe.
Barselona – Shesni, Balde, Martines (Arauxo, 28), Kubarsi, Kunde, Pedri, Kasado, Gavi (Penya, 59), Rafinya (Ferran Torres, 79), Levandovski, Yamal (Olmo, 59).
Ogohlantirishlar: Kamavinga (35), Martines (45+8), Ryudiger (53), Vinisius (55), Chuameni (62), Asensio (77), Levandovski (77), Arauxo (87), Rafinya (89).
Chetlatish: Shesni (56).

Mavzuga oid

11:37 / 29.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?

10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari

16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi

11:33 / 19.05.2025