Issiqxona gazlarini mustaqil tekshirish tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Foto: Kun.uz
Kimyo sanoati korxonalarining issiqxona gazlari ajratmalarini xatlovdan o‘tkazish va uglerodni tartibga solish mexanizmlari ta’sirini baholash rejalashtirilmoqda.
2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, milliy shaffoflik tizimi doirasida issiqxona gazlarini mustaqil tekshirish tashkiloti (validatsiya va verifikatsiya kompaniyasi) faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Issiqxona gazlari ajratmalarini tekshirish tashkiloti (validatsiya va verifikatsiya kompaniyasi) belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Kimyo sanoati korxonalarining issiqxona gazlari ajratmalarini xatlovdan o‘tkazish va uglerodni tartibga solish mexanizmlari ta’sirini baholash rejalashtirilmoqda.
Mahalliy kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi 2 ta korxonaning issiqxona gazlari ajratmalari tajriba–sinov tariqasida xatlovdan o‘tkaziladi.
Xatlov natijasidan kelib chiqib, xalqaro talablarga tayyorgarlik darajasini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Mavzuga oid

14:11 / 14.06.2025
YeIdagi STG terminallariga rossiyalik mijozlarga xizmat ko‘rsatish taqiqlanadi

14:00 / 11.06.2025
1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan ovqatlanish maskani aniqlandi

13:08 / 09.06.2025
Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni 4 barobardan ortiqqa oshirdi

16:33 / 06.06.2025