Qamchiq dovonidagi zaxira yo‘lda qor uchgani chiqqan 2 kishi vafot etdi
8 yanvar kuni Qamchiq dovonidagi zaxira yo‘lga chiqib, selfi qilmoqchi bo‘lgan fuqaro pastga sirpanib ketgan. Kun.uz manbasiga ko‘ra, u va unga yordam bermoqchi bo‘lgan sherigini qor uyumlari bosib qolgan. FVV holat faqat maxsus texnikalar harakatlanishi mumkin bo‘lgan zaxira yo‘lda ro‘y berganini ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz
8 yanvar kuni tushdan so‘ng Qamchiq dovonidagi zaxira yo‘lning taqiqlangan qismiga qorda uchish uchun sayohat qilgan guruh bilan fojia yuz berdi.
Kun.uz manbasi xabar berishicha, guruhda jami 8 kishi bo‘lgan, ulardan biri – 31 yoshli fuqaro yo‘lning chetroq qismida selfi qilayotgan vaqtda yiqilib tushgan. Yordam bermoqchi bo‘lgan yana bir sherigi uning oldiga tushgach, ularning ustidan bir necha metrlik qor uyumi bosib qolgan. Natijada fuqarolar vafot etgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi holatni Kun.uz'ga tasdiqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, holat Toshkent-Andijon-O‘sh avtomobil yo‘lining 141-kilometrida sodir bo‘lgan. Ushbu hudud zaxira yo‘l bo‘lib, faqat maxsus texnikalar uchun harakatlanish mumkin bo‘lgan. FVV qutqaruvchilari sheriklarining chaqiruvidan so‘ng darhol yetib borgan. Hozirda jasadlar olib chiqilgan.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Volodimir Zelenskiy: harbiy asirlarning yangi almashinuviga tayyorlanyapmiz
Jahon | 14:23
-
AQShga shart qo‘yayotgan Eron, katta natijasiz tugagan Istanbul muzokaralari va G‘azo qamalini buzmoqchi bo‘lgan faollar – kun dayjesti
Jahon | 14:20
-
NOAA: Quyosh chaqnashi elektr tarmoqlari va sun’iy yo‘ldosh tizimlarini buzishi mumkin
Jahon | 13:52
Mavzuga oid

16:47 / 10.11.2024
Qamchiq dovonida to‘xtatilgan mashinadan ko‘p miqdorda psixotrop dori vositalari topildi

14:57 / 05.11.2024
Qamchiq dovonida yana yuk mashinasi yonib ketdi

15:34 / 03.11.2024
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi

21:18 / 13.10.2024