Futbolning noodatiy tomonlari: KUN.UZ yangi formatdagi kanalini taqdim etadi
KUN.UZ jamoasi futbol ishqibozlari uchun yangi formatdagi maxsus Telegram-kanalni ishga tushirdi.
Bugungi kunda o‘zbek segmentida futbol yangiliklarini yorituvchi ko‘plab bepul kanallar mavjud. Biroq "Futboljon" loyihasi butunlay boshqa yo‘nalishda ish olib boradi — kanal jamoasi asosiy e’tiborni o‘zbek auditoriyasiga hanuzgacha taqdim etilmagan noyob kontentni yaratishga qaratadi.
Kanalning o‘ziga xos jihatlari:
- Professional boshlovchi tomonidan maxsus tayyorlangan videohikoyalar
- Futbol tarixidagi muhim voqealarning tahlili
- Afsonalar va yulduzlar bilan maxsus intervyular
- Futbol olamining noodatiy va qiziqarli tomonlari
- O‘zbek tilida sifatli futbol kontenti
Kanal jamoasi sifatli kontent yaratish uchun professional mutaxassislar bilan hamkorlik qiladi. Bu esa o‘z navbatida ma’lum xarajatlarni talab etadi. Shu sababli, kanal premium-format asosida, ya’ni pullik obuna orqali faoliyat olib boradi.
Maqsadimiz — o‘zbek futbol muxlislariga xalqaro darajadagi sifatli kontentni taqdim etish. Biz oddiy yangiliklarni emas, balki har bir material ustida puxta ishlangan, qiziqarli va ma’lumotga boy kontent tayyorlaymiz. Bu esa vaqt va resurs talab qiladi.
Loyiha hozirda rivojlanish bosqichida bo‘lib, kanal jamoasi kontentning turli formatlarini sinab ko‘rmoqda. Biz doimiy ravishda yangi g‘oyalarni sinovdan o‘tkazamiz va obunachilarimiznig fikrlarini inobatga olib, kanalimizni takomillashtirib boramiz. Har bir obunachi bizning birinchi muxlislarimiz qatoriga qo‘shilib, kanalning shakllanish jarayonida bevosita ishtirok etadi.
Kelajakda kanal ijodkorlari O‘zbekiston va xalqaro stadionlardan maxsus reportajlar, klassik o‘yinlarning o‘zbekcha sharhlari kabi yanada qiziqarli loyihalarni taqdim etishni rejalashtirmoqda.
Kanal ishga tushishi munosabati bilan bir oylik obuna narxi atigi 39,000 so‘mni tashkil etmoqda. Bu esa kuniga 1,300 so‘mga teng. Kelajakda obuna narxi oshishi mumkinligini hisobga olib, hozirgi imkoniyatdan foydalanib qolishni maslahat beramiz.
Eslatma: Kanal doimiy rivojlanish va yangilanish jarayonida bo‘lganligi sababli, amalga oshirilgan to‘lovlar qaytarilmaydi. Shu bois obuna bo‘lishdan oldin kanalning sinov davridagi kontenti bilan tanishib chiqishingizni tavsiya etamiz.
Qanday obuna bo‘lish mumkin?
Uzcard/Humo orqali to‘lash:
1. Ushbu havolaga o‘ting:
2. Botdagi ko‘rsatmalarga amal qilib, to‘lovni amalga oshiring va kirishga ruxsat oling
3. To‘lovni tasdiqlang
Visa/MasterCard orqali to‘lash:
1. Xalqaro to‘lov havolasiga o‘ting:
2. Karta ma’lumotlarini kiriting
3. To‘lovni tasdiqlang
Muhim eslatma: Visa/MasterCard kartasi bilan to‘lov amalga oshirilganda, bankning valuta kursiga qarab, narxlar farq qilishi mumkin.
"Futboljon" — Futbolning noyob, noodatiy, tesha tegmagan faktlari video ko‘rinishida. Bu qiziq! Ishoning, arzimaydigan bir lagan oshning puliga bir oylik obuna — bu arzirli ish!
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun @futboljonbot bilan bog‘lanishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyaning possovet davlatlari hududidagi harbiy obektlari. Ular nima uchun tashkil etilgan?
O‘zbekiston | 09:30
-
TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan
O‘zbekiston | 09:00
-
JCh saralashi. Falastin alamli tarzda qolib ketdi, Saudiya pley-offda o‘ynaydi
Sport | 08:47
-
Rossiyaning Xarkivni o‘qqa tutishi: 2 kishi halok bo‘ldi, 54 kishi yaralandi
Jahon | 08:37
Mavzuga oid

14:47 / 04.05.2025
“Inter Milan” klubi har qanday jamoa uchun boshog‘riq bo‘la oladi” – Orif Tolipov

10:41 / 22.02.2025
Bahodir Qurbonov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti etib saylandi

19:54 / 12.02.2025
Neymar yana «Santos»da: futbol nihoyat boylikni yengdi

12:15 / 01.02.2025