«Axir u bilan yaxshi edik. Nega vaysayapti?» - Lukashenko Zelenskiyga javob qaytardi
Aleksandr Lukashenko Ukraina Belarusni harbiy mojaroga tortayotganini aytdi. Uning fikricha, Belarus urushda qatnashishga dosh bera olmasligi mumkin.

Foto: BelTA
Aleksandr Lukashenko Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Lukashenko urush boshida undan uzr so‘ragani haqidagi gapiga munosabat bildirdi.
«Belta» xabariga ko‘ra, Lukashenko xorijdagi ayrim niyati yomon kimsalar Belarusni urushga tortishga urinayotgani va bunda Zelenskiydan ham foydalanayotganini aytgan.
«U yerdagilar [xorijda] qiynalmoqda. Shuning uchun bizni ham urushga tortish kerak. Nega Volodya Zelenskiy o‘zini bunday tutmoqda? Axir biz u bilan yaxshi edik. Va mening kichik oilam ham. U nega vaysayapti, unga nima yetmayapti? Unga buyruq berishyapti. Mamlakatimizni urushga tortish uchun har tomonlama harakat qilishmoqda...», — dedi Lukashenko.
Lukashenko agar Belarus urushga tortiladigan bo‘lsa, «juda og‘ir bo‘lishini, davlat sifatida bunga bardosh berolmasligi mumkinligi»ni, shuning uchun bundan qochishga harakat qilayotganini aytgan. «Lekin biz dosh berishimiz kerak. Mayli, bizda diktatura deyishsin, istaganini aytishsin. Menga qarang, Ukrainadagi demokratiyadan ko‘ra, Belarusdagi diktatura yaxshiroq. Biz bunga dosh berishimiz kerak. Har qanday holatda ham qo‘rqmaslik kerak», — degan Lukashenko.
U o‘z hukmronligi yillarida mamlakat «yupqa muz ustida yurgan bo‘lsa-da, hech qachon muzni o‘yib yubormagani va suvga qulab tushmagani»ni ta’kidlagan.
6 yanvar kuni Volodimir Zelenskiyning podkaster Leks Fridmanga bergan intervyusi e’lon qilingan, unda Ukraina prezidenti boshqa gaplar qatori RFning Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinining ilk kunlarida Aleksandr Lukashenko undan Belarus hududidan yo‘llangan zarbalar uchun uzr so‘ragani va bunga javoban Mozirskiy neftni qayta ishlash zavodiga zarba berishni taklif qilganini aytgandi.
Keyinchalik, Lukashenkoning matbuot kotibi Natalya Eysmont bu iddaolarni rad qildi. «Zelenskiydan uzr so‘ralmadi, chunki bizda uzr so‘rash uchun hech qanday sabab yo‘q», deb ta’kidlagan u.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Qirg‘iziston poytaxtida blekaut yuz berdi
Jahon | 18:40
-
Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlariga 209 million dollar mablag‘ni beg‘araz ajratadi
Jahon | 18:33
-
Xomanaiy agar AQSh harbiy mojaroga aralashsa «muqarrar javob» bilan tahdid qildi
Jahon | 18:25
Mavzuga oid

11:30
Reuters: G7 AQSh tufayli Ukraina bo‘yicha bayonotni e’lon qilmaydi

10:45
Kanada Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini ajratdi

22:38 / 17.06.2025
O‘zbekiston ukrainalik bolalarga o‘quv qurollari to‘plamini sovg‘a qildi

13:00 / 17.06.2025