Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada «chet el agentlari» 1,5 yilda 25 mln rubl jarimaga tortildi
Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi sud departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil boshidan 2024 yil o‘rtalariga qadar Rossiya Federatsiyasida «chet el agenti faoliyati tartibini buzganlik» uchun 25,8 million rubl miqdorida jarima solingan.

Foto: RFE / RL
2023 yil boshidan 2024 yil o‘rtalarigacha bo‘lgan 1,5 yil davomida Rossiya sudlari Rossiya hukumati «chet el agentlari» deb hisoblagan shaxslarga jami 25,8 million rubl miqdorida 620 ta jarima soldi. Bu haqda 6 yanvar, dushanba kuni TASS davlat agentligi Rossiya Oliy sudi sud departamentiga tayanib xabar berdi.
«2023 yilda Rossiya Federatsiyasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 19.34-moddasi (chet el agenti faoliyati tartibini buzish) bo‘yicha jami 15 million 172 ming rubl miqdorida jarima solish bo‘yicha 368 ta qaror qabul qilindi; 2024 yilning birinchi yarmida ushbu modda bo‘yicha jami 10 million 641 ming rubl miqdorida 252 ta jarima solingan», — deyiladi nashrda.
Ta’kidlanishicha, «bu mablag‘larning 3,996 million rubli 1,5 yil davomida undirilgan yoki ixtiyoriy ravishda to‘langan». Butun 2024 yil uchun «chet el agentlari»ga jarimalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bahorda umumlashtirilishi kutilmoqda.
TASS agentligi keltirgan sud statistikasiga ko‘ra, yuqorida qayd etilgan davrda «chet el agenti» faoliyati tartibini buzganlik uchun jismoniy shaxslar 471 ta holatda, yuridik shaxslar 70 ta holatda va tashkilotlarning mansabdor shaxslari 67 ta holatda javobgarlikka tortilgan. «2024 yilning birinchi yarmida jarimaga tortilgan 252 nafar fuqaroning 57 nafari ayollardir. Beshta holatda xorijiy fuqarolarga jarima solindi», — deyiladi agentlik xabarida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil dekabridan beri yuritilayotgan «chet el agentlari» reyestrida hozirda 906 nafar jismoniy shaxslarning ismi va tashkilotlarning nomlari mavjud.
Rossiyada «Transperensi» va Ligalayz «chet el agentlari» deb e’lon qilindi
Rossiya Adliya vazirligi korrupsiyaga qarshi «Transperensi Interneshnl-Rossiya v izgnanii» («TI-Rossiya v izgnanii»), reper Ligalayz (Andrey Menshikov), jurnalistlar Aleksey Kovalyov va Danil Belyakov, «Strana i mir. Sakharov Review» nashriyoti, pravoslav ruhoniysi Andrey Lvovni «chet el agentlari» deb e’lon qildi. «Chet el agentlari»ning yangilangan reyestri 27 dekabr kuni vazirlik saytida e’lon qilindi.
2015 yilda «Transperensi Interneshnl-Rossiya» («TI-Rossiya») yuridik shaxsi Rossiya Federatsiyasida «chet el agentlari» reyestriga kiritilgan. Biroq, Rossiya Bosh prokuraturasi Transparency International xalqaro harakatini «nomaqbul tashkilot» deb tan olganidan so‘ng, «TI-Rossiya» tugatildi. 2023 yilning kuzidan buyon tashkilot «Transperensi Interneshnl-Rossiya v izgnanii» nomi ostida faoliyatini xorijda davom ettiryapti.
«TI-Rossiya v izgnanii» vakili DW'ga «xavfsiz yurisdiksiyadan o‘zgarmagan holda o‘z ishini davom ettirishini» bildirdi. «Biz Transparency International xalqaro harakatining mamlakatdan tashqarida faoliyat yuritayotgan yagona bo‘limimiz. Rossiyada sog‘lom jamiyat qurish inson huquqlari faollari, siyosiy muxoliflar va jurnalistlarni ta’qib qilishga asoslanishi kerak emas, deb hisoblaymiz», — deyiladi tashkilot xabarida.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kun tartibidagi maishiy korrupsiya va zararni qoplaganga ozodlik - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:30 / 02.08.2025
-
Xitoyda erkak suv ostida 5 kun yashab, tirik qoldi
Jahon | 23:24 / 02.08.2025
-
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda
Jahon | 22:55 / 02.08.2025
-
AI-80 narxi, undan voz kechish va prisadkali AI-92 - Raqobat qo‘mitasi izohlari
Iqtisodiyot | 22:24 / 02.08.2025
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025