Kishinyov energetika inqirozi haqidagi bayonotlari uchun rossiyalik diplomatni chaqirtirdi
Moldova Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchixonasi ma’lumotlarini tan olinmagan Dnestrbo‘yidagi energetika inqirozi uchun aybni Kishinyov yoki Kiyevga o‘tkazishga urinish deb atadi, ammo «mas’uliyat faqat Moskva zimmasiga tushadi».

Foto: Sputnik / Osmatesco
Moldova Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga energetika inqirozi haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqalishi sababli Rossiya elchixonasi vakili chaqirildi. Bu haqda 6 yanvar, dushanba kuni Moldova TIV matbuot xizmati o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Murojaatda aytilishicha, Kishinyov «Moldova jamiyatini parchalashga va Dnestrbo‘yi mintaqadagi energetika inqirozining asl kelib chiqishini yashirishga qaratilgan yolg‘on bayonotlarni keskin qoralaydi». Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchixonasi tarqatgan ma’lumotni «jamoat fikrini manipulyatsiya qilish va aybni Kishinyov yoki Kiyev zimmasiga yuklash urinishi» deb atadi.
Tashqi ishlar vazirligi Dnestrbo‘yi hududiga gaz yetkazib berish uchun javobgarlik to‘liq Rossiya va o‘z shartnoma majburiyatlarini bajarmagan va uzluksiz gaz yetkazib berishni ta’minlash uchun foydali yechimlarni taklif eta olmagan «Gazprom» konserni zimmasiga tushishini ta’kidladi. «Yetkazib berishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror sof siyosiy xususiyatga ega va Moldova Respublikasini beqarorlashtirishga qaratilgan», — deyiladi bayonotda.
Dnestrbo‘yida aholi suv ta’minoti bilan bog‘liq muammo haqida ogohlantirildi
Elektr ta’minotidagi uzilishlar tufayli tan olinmagan Dnestrbo‘yining ayrim hududlarida suv ta’minoti to‘xtashi mumkin. Bu haqda 5 yanvar kuni NewsMaker nashri xabar berdi.
Shunday qilib, 4 yanvar kuni Tiraspolning tumanlaridan biri suvsiz qoldi. Shaharning boshqa hududlarida, shuningdek, Benderida ko‘p qavatli uylarning yuqori qavatlari aholisi muammoga duch kelishi mumkin, deya ma’lum qildi mahalliy hokimiyat.
Dnestrning chap qirg‘og‘ida Moldaviya (Kuchurgan) davlat mintaqaviy elektr stansiyasi (GRES) va Dubosar GES tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi yetarli emas, deb ta’kidlandi Kishinyovda.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14
-
Eron-Isroil urushining iqtisodiy ta’siri: Xo‘rmuz bo‘g‘ozi to‘sib qo‘yilishi mumkinmi?
Jahon | 11:07
-
Kiyevga dronlar zarbasi: kamida 14 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 11:00
-
Chorvoq Darvozasi- yashash va investitsiya uchun tog‘dagi tayyor majmua
O‘zbekiston | 10:59
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025