Avstriya rahbari o‘ng populistlar yetakchisiga vazirlar mahkamasini tuzishni topshirdi
Aleksandr Van der Bellen Venadagi Xofburg saroyida Herbert Kiklni qabul qildi. Avstriyaning o‘ng populistik Ozodlik partiyasi rahbari konservatorlar bilan muzokaralarni boshlaydi.

Aleksandr Van der Bellen Foto: Heinz-Peter Bader/AP
Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellen o‘ng populistik Avstriya Ozodlik partiyasi (AOP) rahbari Herbert Kiklga hukumat tuzish vazifasini topshirdi. Avstriya rahbari siyosatchi bilan 6 yanvar, dushanba kuni Venadagi Xofburg saroyida uchrashdi.
«Janob Kikl hukumat muzokaralari davomida hayotiy yechimlar topa olishiga ishonchi komil va bu mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmoqchi», — deya Van der Bellen so‘zlarini keltiradi Reuters agentligi.
AOP raisi Avstriya rahbarini konservativ Avstriya xalq partiyasi (AXP) bilan muhokamalar borishi haqida xabardor qilib turishga va’da berdi.
«Bu qadam men uchun oson bo‘lmadi», deb tan oldi Avstriya yashillarining sobiq yetakchisi Van der Bellen. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u «konstitutsiya tamoyillari va qoidalari hurmat qilinishi va amalga oshirilishini» ta’minlashda davom etadi.
Avstriya tarixida birinchi marta o‘ng populistlar yetakchisi kansler bo‘lishi mumkin
Van der Bellen 4 yanvar kuni iste’foga chiqishini e’lon qilgan Avstriya kansleri va konservativ AXP raisi Karl Nexammerning bayonotidan so‘ng uchrashuv to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Agar Nexammer ketganidan keyin AXP o‘ng populistlar bilan muzokaralar olib borishga rozi bo‘lsa, gap faqat konservatorlar yangi vazirlar mahkamasida Avstriya Ozodlik partiyasining kichik hamkorlari bo‘lishi mumkinligi haqida boradi. Bu haqda dpa agentligi ma’lum qildi. Bunday holda, kansler lavozimini mamlakat tarixida birinchi marta o‘ng populistlar rahbari egallaydi.
Kikl, xususan, Rossiyaga do‘stona pozitsiyasi va keng ko‘lamli deportatsiyalarni nazarda tutuvchi o‘ta qattiq migratsiya siyosati bilan tanilgan, deya eslatadi dpa.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iyunda 135 mlrd so‘mlik energiyadan noqonuniy foydalanildi
O‘zbekiston | 12:47
-
Putin Trampning urushni tezroq tugatish haqidagi chaqirig‘ini rad etdi
Jahon | 12:26
-
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 12:18
-
Navoiy ko‘chasida qurilishi bitmagan bino tom qismida yong‘in sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 11:56
Mavzuga oid

14:46 / 20.06.2025
Avstriya O‘zbekistonda agroklasterlar tashkil etishga tayyor

19:34 / 10.06.2025
Avstriyadagi maktabda otishma: to‘qqiz kishi halok bo‘lgan

14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi

15:25 / 30.04.2025