AQShda H5N1 parranda grippi bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati qayd etildi
Luiziana shtatida vafot etgan bemor 65 yoshdan katta bo‘lgan. Sog‘liqni saqlash departamentiga ko‘ra, bu shtat hududida qayd etilgan yagona holatdir.

Foto: Getty Images
Luiziana shtatida H5N1 parranda grippi bilan bog‘liq AQShdagi birinchi o‘lim holati qayd etildi. Bu haqda mahalliy sog‘liqni saqlash departamenti xabar berdi. O‘tgan yil boshidan beri butun dunyoda parranda grippi tarqalmoqda.
Ta’kidlanishicha, bemor 65 yoshdan katta bo‘lgan va unda boshqa kasalliklar ham aniqlangan. Virus unga yovvoyi qushlar bilan aloqadan keyin yuqqan. Luiziana sog‘liqni saqlash departamentiga ko‘ra, bu shtat hududida qayd etilgan yagona holat bo‘lib, aholi orasida H5N1 parranda grippining tarqalish xavfi past darajada qolmoqda.
Dekabr oxirlarida AQSh Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (CDC) bemorda parranda grippi virusining mutatsiyasi aniqlanganini ma’lum qilgandi. Skripps instituti olimlarining ogohlantirishicha, ushbu virusdagi bitta o‘zgarish ham H5N1 shtammini odamlar orasida tez tarqaladigan kasallikka aylantirib, yangi pandemiya to‘lqinining paydo bo‘lishiga olib keladi.
O‘tgan yili JSST epidemiologi Richard Pibodi dunyo hamjamiyati odamdan odamga yuqishi mumkin bo‘lgan parranda grippi tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yangi pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rish zarurligini aytgan edi. Uning ta’kidlashicha, xavf, ayniqsa, qishloq joylari va parranda boqish bilan shug‘ullanadigan o‘rta daromadli oilalar uchun kuchaymoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil aprelda Xitoyning janubidagi Guandun provinsiyasida yashovchi 56 yoshli ayol parranda grippining H3N8 shtammi bilan kasallanish oqibatida vafot etgan birinchi odamga aylangandi.
Mavzuga oid

22:24
Kreml Putin va Tramp uchrashuvi ehtimolini muhokama qilmoqda – OAV

18:24
Rossiya 30 kunlik otashkesimga rozi bo‘lmasa, qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lishi mumkin

18:17
AQSh Ukraina bilan hududiy yon berish masalasini ham muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

17:27