Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sanepidqo‘mita metapnevmovirus infeksiyasi to‘g‘risida ma’lumot berdi
Ayni vaqtda O‘zbekistonda ham o‘tkir respirator infeksiyalarga chalinish holatlarining mavsumiy ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Ushbu respirator infeksiyalarning so‘nggi laborator tahlillari natijasiga ko‘ra: 36,9 foizda gripp virusi, 30,2 foizda rinovirus, 28,6 foizda respirator-sinsitial virus, 1,2 foizda metapnevmovirus va 3,1 foizda boshqa viruslar aniqlangan.

Foto: Getty Images
Ijtimoiy tarmoqlarda metapnevmovirus infeksiyasi va ushbu infeksiyaning COVID-19dan ham xavfli ekanligi yuzasidan xabarlar tarqalmoqda.
Sanepidqo‘mita ushbu kasallik to‘g‘risida ma’lumot taqdim etdi.
Metapnevmovirus birinchi marta 2001 yilda aniqlangan bo‘lib, asosan havo-tomchi yo‘li bilan, kamdan-kam holatlarda esa ifloslangan yuzalar bilan aloqa qilish orqali yuqadi. Virusni asosan kuz-qish mavsumida faol aylanishi kuzatiladi.
Metapnevmovirus infeksiyasi, odatda burun oqishi, yo‘tal va isitma kabi belgilari bilan o‘tkir respiratorli infeksiyalar shaklida namoyon bo‘ladi, ba’zi hollarda bronxiolit va pnevmoniyani keltirib chiqaradi.
Metapnevmovirus bilan kasallangan odamlarning aksariyati asoratlarsiz tuzalib ketadi.
Ushbu virus bilan kasallanish holatlari har yili dunyoning barcha mamlakatlarida qayd etiladi.
Butun dunyoda bo‘lgani kabi, qo‘shni Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati tarqatgan xabarda, ayni paytda o‘tkir respirator virusli infeksiyalar va gripp bilan kasallanishning mavsumiy o‘sishi kuzatilayotgani, shu bilan birga metapnevmovirusning ham qayd etilgani e’lon qilingan.
Ayni vaqtda O‘zbekistonda ham o‘tkir respirator infeksiyalarga chalinish holatlarining mavsumiy ko‘tarilishi kuzatilmoqda.
Ushbu respirator infeksiyalarning so‘nggi laborator tahlillari natijasiga ko‘ra: 36,9 foizda gripp virusi, 30,2 foizda rinovirus, 28,6 foizda respirator-sinsitial virus, 1,2 foizda metapnevmovirus va 3,1 foizda boshqa viruslar aniqlangan.
Shu o‘rinda fuqarolar ushbu infeksiyalarni yuqtirib olmasliklari uchun:
✔️profilaktika va gigiyena qoidalariga rioya qilish;
✔️odamlar gavjum joylarga, ayniqsa yosh bolalarni olib yurishni cheklash;
✔️kasallik belgilari paydo bo‘lgan oila a’zolarini alohida saqlab, shifokor ko‘rsatmasiga asosan davolanish tavsiya qilindi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini AQShda qo‘lga oldi
Jamiyat | 20:02
-
5 daqiqalik budjet odatlari: oila bilan pulni boshqarishni o‘rganamiz
Iqtisodiyot | 19:54
-
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 19:22
-
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 19:15
Mavzuga oid

21:22 / 11.07.2025
Kuydirgi bo‘yicha qo‘shni mamlakatda vaziyat jiddiy - Sanepidqo‘mita

12:38 / 12.02.2025
“Umra va Haj ziyoratchilaridan meningitga emlanish sertifikati talab qilish bekor qilinmagan” – Sanepidqo‘mita

18:50 / 08.01.2025
«Pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rish zarurati yo‘q» - Yevrokomissiya vakili Xitoyda tarqalgan virus haqida

18:12 / 06.01.2025