Apple foydalanuvchilar suratlarini ruxsatsiz skanerlayotgani ma’lum bo‘ldi
Amerika texnologik kompaniyasi o‘z qurilmalariga Enhanced Visual Search funksiyasini joriy etdi. Ushbu funksiya sun’iy intellekt yordamida fotosuratlarni tahlil qiladi va ma’lumotlarni Apple serverlariga uzatadi.

Foto: Getty Images
Apple kompaniyasi o‘z qurilmalariga foydalanuvchi ruxsatisiz uning suratlarini skanerlash imkonini beradigan Enhanced Visual Search funksiyasini joriy etdi, deb xabar bermoqda The Register nashri.
Qayd etilishicha, funksiya 2024 yil 28 oktyabrdan boshlab iOS 18.1 va macOS 15.1 operatsion tizimli qurilmalarida paydo bo‘lgan, ammo Apple foydalanuvchilarga uning ishlashi haqida batafsil ma’lumot bermagan. Standart ravishda o‘rnatilgan ushbu funksiyani sozlamalar orqali o‘chirib qo‘ysa bo‘ladi.
Enhanced Visual Search sun’iy intellekt yordamida fotosuratlarni tahlil qiladi, diqqatga sazovor joylarni aniqlaydi va shifrlangan ma’lumotlarni bazada qidirish uchun Apple serverlariga uzatadi. Shundan so‘ng natijalar foydalanuvchining qurilmasiga qaytariladi va u yerda shifrlanadi.
Apple kompaniyasining ma’lum qilishicha, ma’lumotlar gomomorf shifrlash va differensial maxfiylik mexanizmi yordamida himoyalangan. Bu kompaniyaga turli diqqatga sazovor joylarni aniqlash uchun galereyadagi rasmlarni skanerlash imkonini beradi.
Avvalroq Apple kompaniyasi o‘zining ba’zi qurilmalari foydalanuvchilar suhbatini ruxsatsiz «tinglagani va yozib olgani» haqidagi da’voni hal qilish uchun 95 million dollar to‘lashga rozi bo‘lgandi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda giyohvandlik moddalarini tarqatgan “zakladchik” ushlandi
O‘zbekiston | 14:50
-
O‘zbekistonning Turkiyadagi yangi elchisi ish boshladi
O‘zbekiston | 14:37
-
YeI Rossiyaning Eron va Isroil o‘rtasidagi vositachiligiga qarshi
Jahon | 14:35
-
Oman Air O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri muntazam parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 14:29
Mavzuga oid

19:38 / 10.06.2025
Dunyodagi eng qimmat 100 ta IT-brend qiymati 3,2 trln dollarga yetdi

16:46 / 10.06.2025
iPhone yangi dizayni, Siri’da kechiktirilgan o‘zgarishlar, iOS26 va Games – Apple WWDC25’da nimalar taqdim qildi?

20:47 / 09.06.2025
BYD elektromobilni quvvatlash vaqtini 5 daqiqagacha qisqartirdi

22:02 / 31.05.2025