Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
300 dan ortiq yoshlarga xalqaro imtihonlarni topshirish xarajati vaqtida qaytarib berilmadi
Adliya vazirligi xalqaro imtihonlarda yuqori ball olgan yoshlarga qaytarilmagan imtihon xarajati masalasida Yoshlar ishlari agentligiga taqdimnoma kiritgan. Shundan keyin 132 talabgorning puli to‘lanib, agentlik mas’ul xodimi ma’muriy javobgarlikka tortildi. Qolgan 177 nafar talabgorning ham xarajatlarini qoplab berish choralari ko‘rilmoqda.

Foto: iStock
2024 yil noyabr oyida tarmoqlarda xalqaro imtihonlarda yuqori ball olgan yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab berilmayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Yoshlar ishlari agentligi rahbari Alisher Sa’dullayev Kun.uz muxbirining savoliga javoban tez kunlarda xarajatlar to‘lab berilishini ma’lum qilgandi. “Yuqori ball to‘plagan yoshlar biz prognoz qilganimizdan ko‘proqni tashkil qildi. Shu sababli biz agentlik budjetiga qo‘shimcha mablag‘ uchun manba topishimiz kerak”, – degandi u.
27 dekabr kuni Adliya vazirligi bu borada ma’lumot berdi.
Vazirlik o‘tkazgan monitoringda aniqlanishicha, xalqaro imtihon tizimlarida yuqori ball olgan 309 nafar yoshning puli to‘lab berilmagan. Vazirlik Yoshlar ishlari agentligiga imtihon topshirish xarajatlarini ma’muriy reglamentga muvofiq to‘liq qoplab berilishini ta’minlash yuzasidan taqdimnoma kiritgan.
“Mazkur taqdimnoma ijrosi natijasida jami 132 nafar yoshlarning 236 850 000 so‘m miqdoridagi imtihon topshirish xarajatlarining to‘liq qoplab berilishi ta’minlandi. Bugungi kunda vakolatli organ tomonidan qolgan 177 nafar yoshlarning imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda”, – deyilgan adliya axborotida.
Qayd etilishicha, aniqlangan qonunchilik buzilishi holatlari yuzasidan agentlik mas’ul xodimi ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
TSAHAL ilk bor Eron hujumi oqibatida harbiy obektlarga shikast yetganini tan oldi - Reuters
Jahon | 05:05
-
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi
Jamiyat | 23:47 / 08.07.2025
-
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:35 / 08.07.2025
-
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Jahon | 23:23 / 08.07.2025
Mavzuga oid

12:03 / 30.06.2025
«Yoshlarimizni ko‘rib, har qanday davlat bizga havas qilsa arziydi» – prezident

11:05 / 30.06.2025
Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazadi

19:50 / 28.06.2025
Bobur Abduxoliqov va Gulruxbegim Tohirjonova davlat mukofoti bilan taqdirlandi

13:18 / 28.06.2025