Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erkin Muhiddinov yana yangi ishga o‘tdi
Ko‘p yillar o‘rmon xo‘jaligi sohasini boshqargan Nizomiddin Bakirov ishdan ketgan. Uning o‘rniga vazifa bajaruvchi sifatida tayinlangan Erkin Muhiddinov so‘nggi ikki yil ichidagi beshinchi lavozimida ish boshlamoqda. U o‘tgan yil oktyabrida Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari lavozimidan ketib, dekabrda ekologiya vazirligida departament boshlig‘i sifatida ish boshlagandi.

Erkin Madorbekovich Muhitdinov Ekologiya vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligiga direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Erkin Muhiddinov 1976 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. 1997 yilda Andijon iqtisod boshqaruv instituti (bakalavr), 2000 yilda Bank-moliya akademiyasi (magistratura), 2007 yilda esa Yaponiyadagi Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti Oliy maktabini tamomlagan.
Turli yillarda turli banklarda ishlagan, 2017 yil iyunida bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgandi. 2023 yil yanvarida uning lavozimi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosariga o‘zgargan, 2023 yil avgustida Toshkent viloyati Ohangaron tumani hokimi lavozimiga tushirilgan, 2024 yil mayida Toshkent viloyati hokimi lavozimiga ko‘tarilgan, bu ishda besh oy ishlagach, oktyabr oyi o‘rtalariga kelib faoliyatidagi kamchiliklar va sohadagi ishlar qoniqarsiz olib borilayotgani uchun Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgandi.
2024 yil dekabrida esa u vazirlikning O‘rmon, bioxilmaxillik va ekoturizm siyosatini yuritish departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.
U endi yangi lavozimda 2017 yil mayidan buyon ishlab kelgan Nizomiddin Bakirov o‘rnini egalladi.

Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

12:03 / 18.07.2025
Anvar O‘rmonov Toshkent shahri prokurori v.b bo‘lgan

19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

19:15 / 14.07.2025
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi

18:40 / 14.07.2025