AQSh Xitoydan olib kelinadigan dronlarni butunlay taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Qo‘shma Shtatlar Savdo vazirligi Xitoydan dronlar importi butunlay taqiqlansa, bu mamlakatdagi kompaniyalarga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumot to‘plashga qaror qildi. Taqiq bo‘yicha yakuniy qaror yangi prezident Donald Tramp davrida qabul qilinadi.

Foto: Bloomberg
AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden administratsiyasi mamlakatda Xitoy uchuvchisiz uchish apparatlarini cheklash yoki taqiqlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi Bloomberg.
AQSh Savdo vazirligi kompaniyalardan ehtimoliy taqiq oqibatlari to‘g‘risida ma’lumot olish istagini bildirdi, ariza berishning oxirgi muddati — 4 mart.
Bu oxir-oqibat yakuniy qaror 20 yanvar kuni AQSh prezidenti lavozimida ish boshlaydigan Donald Tramp administratsiyasi tomonidan qabul qilinishini anglatadi.
«Uchuvchisiz aviatsiya tizimlari texnologiyasini yetkazib berish zanjiri xavfsizligini ta’minlash milliy xavfsizligimiz uchun muhim ahamiyatga ega», — deydi savdo vaziri Jina Raymondo. Uning aytishicha, ushbu choralar «Qo‘shma Shtatlar himoyasida muhim qadam» hisoblanadi.
2024 yil dekabrda agentlik o‘z manbalariga tayanib Xitoy ishlab chiqaruvchilari AQSh va Yevropaga dronlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan muhim detallar eksportini cheklashni boshlagani haqida yozgandi. Ushbu dronlar Ukraina mudofaasida muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘shanda Bloomberg agentligi manbasi dronlar uchun ehtiyot qismlarning yetkazib berilishiga qo‘yilgan cheklovlar ham Amerika, ham Yevropa kompaniyalariga ta’sir ko‘rsatganini ta’kidlagandi. Xitoyning dvigatel, akkumulyator va uchish kontrollerlarini ishlab chiqaruvchilari yetkazib berishlar hajmini qisqartirgan yoki butunlay to‘xtatgan.
AQShda bir necha bor noma’lum uchuvchisiz uchish apparatlari aniqlangan edi. 2024 yilda dronlar to‘g‘risidagi masala Kongress vakillari e’tiboriga ham tushgan. U yerdagilar Shenjenda joylashgan ikkita kompaniya — Da Jiang Innovations (DJI) va Autel Robotics dunyodagi uchuvchisiz uchish apparatlari bozorining qariyb 90 foizini nazorat qilishini aytgan edi.
Sirli dronlar haqidagi xabarlardan keyin FQB, Pentagon va Ichki xavfsizlik vazirligi ularni tutish uchun ilg‘or radiolokatsion tizimlarini ishga tushirdi. Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbining so‘zlariga ko‘ra, kelib tushgan bu kabi 5 mingdan ziyod xabarlardan faqat 100 tasi qo‘shimcha o‘rganishlarni talab qilgan. Uning aytishicha, qayd etilgan holatlarning aksariyati — «tijoriy dronlar, havaskorlik uchuvchisiz uchish apparatlari va huquq-tartibot organlari dronlari, shuningdek, boshqariluvchi samolyot, vertolyot va hatto xatolik tufayli dron deya qabul qilingan yulduzlar kombinatsiyasidir».
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stradivarining Ikkinchi jahon urushi vaqtida o‘g‘irlangan skripkasi Tokiodan topildi
Jahon | 01:59
-
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi
Jamiyat | 23:41 / 07.07.2025
-
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi
Jahon | 23:21 / 07.07.2025
-
Toshkentda bog‘da odamlardan pul yig‘ib kelgan yigitlar ushlandi, O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 07.07.2025
Mavzuga oid

23:21 / 07.07.2025
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi

21:42 / 07.07.2025
AQSh «Hay’at Tahrir ash-Shom» guruhidan terrorchi tashkilot maqomini olib tashladi

18:42 / 07.07.2025
AQShda noqonuniy migrantlar saqlanadigan «izolyator»lar soni salkam 60 taga oshdi

17:10 / 07.07.2025