Argentina sudi Nikaragua prezidentini hibsga olishga order berdi
Argentinada Nikaragua prezidenti Daniel Ortega inson huquqlarini buzish ayblovi bilan qidiruvga berildi. Avvalroq mamlakat Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni ham hibsga olishga order bergandi.

Foto: Reuters
Argentina sudi Nikaragua prezidenti Daniel Ortega va uning vitse-prezidenti Rosario Muriloga inson huquqlarini buzish ayblovi bilan qidiruv e’lon qildi. Bu haqda Nikaragua hukumatiga nisbatan tergov o‘tkazilishiga erishga advokat Dario Richarte ma’lum qildi.
«Ikki yarim yillik tergovdan keyin sudya hozirgina Daniel Ortega va Rosario Murilio, shuningdek, o‘nga yaqin boshqa shaxslarni so‘roqqa chaqirish va xalqaro qidiruvga berish so‘rovi bilan hibsga olish orderini berdi», — deb yozadi Richarte o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga.
Argentina sudiga ko‘ra, inson huquqlarini buzganlik borasidagi ayblov — har qanday milliy yurisdiksiyadan tashqarida, shuning uchun boshqa davlat rahbarini so‘roqqa chaqirish va uni hibsga olish uchun order berish qonuniy harakatdir.
Sentyabr oyida Argentina sudi Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga nisbatan shu kabi qaror chiqargandi. Shu kunning o‘zida Venesuela Oliy sudi Argentina prezidenti Xaver Mileyni, ushbu mamlakat xavfsizlik vaziri Patrisiya Bulrich, shuningdek, prezidentning singlisi va maslahatchisi Karina Mileyni pul yuvish hamda noqonuniy ozodlikdan mahrum etishda ayblab, hibsga olish bo‘yicha order bergan.
Mavzuga oid

16:48 / 21.02.2025
Argentina prezidenti Ilon Maskka zarhal zanjirli arra sovg‘a qildi

22:38 / 17.02.2025
«Tarixdagi eng katta qalloblik» - Argentina prezidenti Xaver Miley firibgarlikda ayblanmoqda

22:22 / 05.02.2025
Argentina ham JSSTdan chiqishini e’lon qildi

16:12 / 23.10.2024