Putin AZAL samolyoti halokati yuzasidan ikkinchi marta Aliyevga qo‘ng‘iroq qildi
Unda davlat rahbarlari Oqtovda Azerbaijan Airlines samolyotining halokati bilan bog‘liq turli masalalarni yana bir bor muhokama qilgani ta’kidlanmoqda.

Foto: RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 29 dekabr kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan yana telefonda muloqot qildi. Unda davlat rahbarlari Oqtovda Azerbaijan Airlines samolyotining halokati bilan bog‘liq turli masalalarni muhokama qildi. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Interfaks» nashriga ma’lum qildi. U suhbat tafsilotlarini keltirmadi.
Putin matbuot kotibining bayonoti Ilhom Aliyevning Ozarboyjon televideniyesiga bergan intervyusi fonida paydo bo‘ldi. Unda Aliyev aviahalokatdan keyingi dastlabki kunlarda «Rossiyadan yolg‘ondan boshqa hech narsa eshitmaganini» ta’kidlagan. U, shuningdek, Moskvadan Ozarboyjon samolyotining halokati uchun javobgarlikni tan olish, aybdorlarni jazolashni va tovon to‘lashni talab qildi.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev matbuot xizmati ham Putinning qo‘ng‘irog‘i haqida xabar berdi. Unda ta’kidlanishicha, davlat rahbarlari Oqtovda Azerbaijan Airlines samolyotining halokati bilan bog‘liq turli masalalarni muhokama qilgan.
Bir kun avval, 28 dekabr kuni ham Putin va Aliyev telefon orqali suhbat qilgan va qo‘ng‘iroq Rossiya tomoni tashabbusi bilan bo‘lgani aytilgan edi.
Kreml xabariga ko‘ra, Putin «fojiali voqea Rossiya havo hududida yuz bergani» uchun Aliyevdan uzr so‘ragan.
Ozarboyjon prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, «Putin AZAL samolyotiga Rossiya havo hududida fizik va texnik ta’sir bo‘lgani uchun uzr so‘radi».
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

17:11
Qozog‘istonda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor

21:16 / 21.06.2025
Putin: Kiyev anneksiya qilingan hududlarni Rossiyaga tegishli deb tan olishdan bosh tortishi yangi urushga olib kelishi mumkin

13:20 / 21.06.2025
Ozarboyjonda yetti nafar jurnalist uzoq muddatga qamaldi

23:24 / 20.06.2025