O‘zbekiston | 13:54 / 28.12.2024
1356
1 daqiqa o‘qiladi

Tyumen va Sverdlovsk oblastlari bilan o‘zbekistonliklarni ishga joylashtirish bo‘yicha kelishib olindi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Rossiyaning Tyumen oblastidagi "Siti Stroy72" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Janat Gabdulinov va Sverdlovsk oblastidagi "SEVKO" zavodi direktori Vladislav Korotenko bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: Dunyo

Uchrashuvlar O‘zbekiston prezidentining "Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi.

Muloqotlar davomida O‘zbekistonda mehnat migratsiyasini tartibga solish bo‘yicha amalga oshirilayotgan dasturlar, xorijga ishchi kuchini jalb qilish maqsadida mamlakat har bir viloyatida tashkil etilgan Monomarkazlar faoliyati haqida so‘zlab berildi.

Tomonlar ushbu korxonalarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga O‘zbekiston fuqarolarini uyushgan holda jalb qilish istiqbollari xususida fikr almashildi.

Bo‘lib o‘tgan muzokaralar natijasida "Siti Stroy72" MChJ 100 nafarga yaqin, "SEVKO" zavodi esa 80 kishini ish bilan ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston tomoniga buyurtma jo‘natishi to‘g‘risida kelishib olindi.

Mavzuga oid