Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi tashkil etiladi
“Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasini tashkil etishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Quyidagilar tashkil etiladi:
🔹yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Qoraqalpog‘iston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasi;
🔹Akademiya tarkibida ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, o‘quv-simulyatsion markaz va mehmonxona.
Nukus shahrida joylashgan davlat va nodavlat davolash-profilaktika muassasalari Akademiyaning klinik bazasi hisoblanadi.
Quyidagilar Akademiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi, jumladan:
▪️tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
▪️tashxislash va davolashning yuqori texnologiyali innovatsion usullarini amaliyotga joriy etish;
▪️telemeditsina texnologiyalaridan keng foydalanish uchun sharoitlar yaratish.
2025-2026 o‘quv yilidan Akademiyada klinik ordinaturada yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.
2025 yil 1 oktyabrdan Akademiya faoliyati to‘liq yo‘lga qo‘yiladi.
Mavzuga oid

14:46 / 14.04.2025
Arab moliya akademiyasi O‘zbekistonda o‘z filialini ochishi mumkin

16:13 / 23.03.2025
Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasining baki portlab ketdi. Jarohat olganlar bor

15:34 / 28.02.2025
O‘zbekistonda fanga noma’lum 2 qo‘ng‘iz turi kashf qilindi

22:01 / 25.01.2025