Xususiy maktab quruvchilarga foyda solig‘i bo‘yicha imtiyoz berildi
O‘z mablag‘lari hisobidan nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining binolarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarga nisbatan foyda solig‘i bo‘yicha vaqtinchalik (2025 yil 1 yanvardan 2030 yil 1 yanvargacha) soliq imtiyozlari berildi.
Qonun bilan Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonunga ko‘ra, qo‘shimcha manbalardan daromad oluvchi budjet tashkilotlari uchun belgilangan soliq stavkalarining amal qilishini 2027 yilning 1 yanvarigacha uzaytirildi.
Shuningdek, jami daromadning chegaraviy miqdorini 5 milliard so‘mdan 10 milliard so‘mga oshirish, ushbu daromad mavjud bo‘lganda soliq to‘lovchilar har oylik bo‘nak to‘lovlarini to‘liq chorak o‘tganidan keyin to‘lashini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.
Prezident yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan beriladigan budjet subsidiyalari jami daromad tarkibiga kiritilmasligini belgilovchi o‘zgartirishlar kiritildi.
Bundan tashqari o‘z mablag‘lari hisobidan nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining binolarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarga nisbatan foyda solig‘i bo‘yicha vaqtinchalik (2025 yil 1 yanvardan 2030 yil 1 yanvargacha) soliq imtiyozlari berildi.
Shuningdek, belgilangan ro‘yxat bo‘yicha protez moslamalari va ularning butlovchi, ehtiyot qismlarini O‘zbekistonga olib kirish (2027 yil 1 yanvargacha) hamda O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan vagonlar (konteynerlar) operatorlarining temiryo‘l transportida tashish jarayonida vagonlarni (konteynerlarni) ijara shartlari asosida foydalanishga berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish aylanmasi QQS to‘lashdan vaqtinchalik (2024 yil 1 noyabrdan 2026 yil 1 yanvargacha) ozod qilinishi nazarda tutildi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Shvetsiya mehnat migratsiyasi sohasida hukumatlararo bitim tuzishi mumkin
O‘zbekiston | 07:46
-
Isroilning G‘azoga hujumi qurbonlari soni 57 mingdan oshdi
Jahon | 07:11
-
Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi
O‘zbekiston | 07:05
-
Toshkentda odamlardan intervyu olish bahonasida pul yig‘ib kelgan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 07:01
Mavzuga oid

10:17 / 20.06.2025
2025-2026 o‘quv yili uchun 1-sinfga onlayn qabul boshlandi

19:30 / 17.05.2025
Bolalar uchun kontent yaratuvchi yuridik shaxslar foyda solig‘idan ozod qilinadi

17:25 / 28.03.2025
Kreativ park rezidentlariga soliq imtiyozlari beriladi

09:42 / 26.05.2024