Turkiyada portlovchi moddalar ishlab chiqaruvchi zavodda portlash sodir bo‘ldi
Turkiyaning Baliqesir viloyatida joylashgan portlovchi moddalar ishlab chiqarish zavodida yuz bergan portlash oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi. Mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.

Foto: Habertürk
Turkiya shimoli-g‘arbidagi Baliqesir viloyatida joylashgan portlovchi moddalar ishlab chiqarish zavodida yuz bergan portlash oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi va to‘rt kishi jarohat oldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Yerlikayaga tayanib, Haberturk nashri xabar berdi.
Viloyat gubernatori Ismoil Ustao‘g‘luning ma’lum qilishicha, hukumat sodir bo‘lgan voqeani qo‘poruvchilik deb hisoblamayapti. Uning so‘zlariga ko‘ra, portlash oqibatida zavod binosining bir qismi qulab tushgan.
CNN Turk telekanali portlashdan keyingi kadrlarni e’lon qildi.
BBC’ning yozishicha, zavod ovchilik va sport uchun mo‘ljallangan anjomlar, shuningdek, fuqarolik foydalanuvi uchun portlovchi moddalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga 12 kishining o‘limidan «chuqur qayg‘uda» ekanini yozib qoldirdi. Davlat rahbari halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Tramp Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qildi – Kreml
Jahon | 23:40 / 04.06.2025
-
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?
Jahon | 22:38 / 04.06.2025
-
Nexia ostida qolgan ayol, 361 kg eshak go‘shti va korrupsioner hokim yordamchilari - 4 iyun yangiliklari
O‘zbekiston | 22:31 / 04.06.2025
-
Putin yaqinda aerodromlarga uyushtirilgan hujumlarga javob qaytarishga majburligini aytdi – Tramp
Jahon | 22:24 / 04.06.2025
Mavzuga oid

19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi

20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi

02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi

23:40 / 14.05.2025