Tanqiddan so‘ng: 2 bolaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
5 bolani urib ketib, ikki nafarining o‘limiga sababchi bo‘lgan Cobalt haydovchisiga Yangiyo‘l tuman sudyasi Ulug‘bek Ibragimov axloq tuzatish jazosini bergandi. Ish Toshkent viloyati prokurori o‘rinbosarining kassatsiya protestiga asosan qayta ko‘rib chiqildi.

Foto: Getty Images
YTH sodir qilib, 5 bolani urib yuborgan va ulardan ikki nafarining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi sud zalida qamoqdan ozod qilingandi. Sud hukmiga ko‘ra, u “oliy ma’lumotli, ishli yigit” bo‘lgan. Oradan bir hafta o‘tib esa YTHda bir kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan, “ma’lumoti o‘rta-maxsus hamda ishsiz” haydovchiga ayni shu sudya hukmi bilan 2 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.
Kun.uz har ikki ishga bir sudya – Ulug‘bek Ibragimov raislik qilgani haqida yozgandi.
Shundan keyin ikkinchi holat bo‘yicha sudlanuvchi R.Mirzahotamovga nisbatan hukmga Toshkent viloyat prokurori tomonidan kassatsiya protesti kiritilgandi.
Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidovning Kun.uz'ga xabar berishicha, Toshkent viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasida jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tuman sudining R.Mirzahotamovga nisbatan 2024 yil 11 noyabrdagi hukmi bekor qilingan va yangi ayblov hukmi e’lon qilingan.
Hukmga ko‘ra, Mirzahotamov Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Mahkum jazoni manzil koloniyalarda o‘taydi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kia va ADM Global O‘zbekiston termasiga JCh–2026 yo‘lida qo‘llov ko‘rsatmoqda
O‘zbekiston | 17:00
-
Tramp Eron bilan urushga qarshi edi. Ammo endi fikrini o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin
Jahon | 16:26
-
O‘zbekiston talabalariga Yaponiyada ishlash imkoni: Daiwa House va TKXU o‘rtasida strategik uchrashuv
O‘zbekiston | 16:00
-
Narpay tumanida 16 yoshli yigit suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 15:43
Mavzuga oid

20:28 / 18.06.2025
Xorazmda Tico ag‘darilib, 18 yoshli yigit halok bo‘ldi

11:22 / 18.06.2025
Urgutda sud raisi YTH qurboni bo‘ldi

18:12 / 15.06.2025
«Bolalar o‘limi eng og‘riqli joyimiz» - YHXX boshlig‘i bolalar qatnashgan YTHlar va statistika haqida

17:10 / 15.06.2025