Isyonda ayblanayotgan Janubiy Koreya prezidenti politsiya so‘roqiga kelmadi
Tergov guruhi prezident vakillari orqali va pochta orqali chaqiruv qog‘ozlarini topshirishga harakat qildi, biroq kotibiyat va Yun xavfsizlik xizmati ularni qabul qilmadi.

Foto: AFP
Impichment e’lon qilinganidan keyin vakolatlari to‘xtatilgan Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol isyonga urinish ishi bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi tergov departamentida so‘roqqa kelmadi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.
So‘roq bugun bo‘lib o‘tishi kerak edi. Tergov guruhi prezident vakillari orqali va pochta orqali chaqiruv qog‘ozlarini topshirishga harakat qildi, biroq kotibiyat va Yun xavfsizlik xizmati ularni qabul qilmadi.
Korrupsiyaga qarshi tergov boshqarmasi boshlig‘i O Don Vun huquq-tartibot idoralari xodimlari qonun doirasida chora ko‘rishini aytdi. Endi tergov prezidentni hibsga olishga order berish yoki uni qayta so‘roq qilish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Prokuratura parallel ravishda o‘z tergovini olib bormoqda va Yun Sok Yol 15 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan birinchi sud majlisiga kelmagani uchun ikkinchi so‘roqqa chaqiruv e’lon qildi.
14 dekabr kuni Janubiy Koreya Milliy assambleyasi Yun Sok Yolga impichment e’lon qildi. U davlatga xiyonat va harbiy holat joriy etishga urinishda ayblanib, tergov qilinmoqda.
Prezidentning daxlsizligi isyon aybloviga taalluqli emas va Yun sud hukmi chiqqunga qadar hibsga olinishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
Tramp Los-Anjyelesga dengiz piyoda askarlari va ko‘proq milliy gvardiyachilarni yubordi
Jahon | 08:00
-
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
O‘zbekiston | 00:28
-
Britaniyada 400 mingdan ortiq davlat xizmatchisi sun’iy intellektdan foydalanishga o‘qitiladi
Fan-texnika | 00:07
Mavzuga oid

13:09 / 04.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Li Chje Myonni tabrikladi

00:03 / 04.06.2025
Janubiy Koreyaning yangi prezidenti saylandi

20:41 / 03.06.2025
“Saylovga tayyor nomzodlar yo‘q edi” – Koreyada navbatdan tashqari saylov qanday o‘tdi?

18:49 / 29.05.2025