Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadagi portlash qurbonlari soni oshdi
Yana uch kishi shifoxonada vafot etib, qurbonlar soni 4 nafarni tashkil etmoqda. Ular orasida bolalar ham bor. Besh kishi qamoqqa olingan.

Foto: Videodan kadr
Farg‘ona shahridagi zapravkadagi ro‘y bergan portlash oqibatida yana 3 kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma’lum qilinishicha, 17 dekabr kuni soat 13:45 larda Farg‘ona shahri, Yangiyo‘l mahallasidagi Petrolium propan gaz quyish shoxobchasida 5 m.kub sig‘imli konteynerga gaz quyish jarayonida yoriq kelib chiqib, gaz moddasi tashqariga sizib chiqishi oqibatida, portlash va yong‘in sodir bo‘lgan.
Buning oqibatida 1 kishi voqea joyida halok bo‘lgan. Shu hududda bo‘lgan bir necha kishi turli darajada tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan ulardan 3 nafari shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan Farg‘ona viloyat IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) 2-qismi «a» bandi hamda 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda jinoyat ishi doirasida 5 nafar shaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan. Holat yuzasidan tegishli ekspertizalar tayinlangan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kun.uz bilan suhbatlashgan mahalliy aholi vakillari bildirishicha, mazkur AYoQSh va AGQSh qurilishiga odamlar norozilik bildirishgandi. Biroq mas’ullar bu norozilikka e’tibor qaratmagan.
«Odamlar bu yerda zapravka qurilmasin deb aytgan. Shaharning ichida-ku bu. Umuman, bu kabi zapravkalar 2-3 km tashqarida, chetroqda bo‘lishi kerak. Benzin bor edi, propan ochilganiga uch oy bo‘ldi, deyishyapti. Odamlar “mumkin emas” deyishganiga hech kim quloq solmagan. Mana, odam o‘ldi, boshqalarga jarohat yetgan», dedi Kun.uz’ga intervyu bergan hodisa guvohlaridan biri.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Ahliddin Alijonov OAV vakillariga bergan intervyusida hodisa oqibatida 1 kishi halok bo‘lgani, 4 kishi jarohatlangani, yana 8 kishi tibbiyot xodimlari nazoratida ekanini ma’lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi
Jamiyat | 23:47 / 08.07.2025
-
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:35 / 08.07.2025
-
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Jahon | 23:23 / 08.07.2025
-
Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz
Jamiyat | 23:03 / 08.07.2025
Mavzuga oid

15:26 / 06.07.2025
Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i ishdan olindi

09:20 / 06.07.2025
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti

23:53 / 04.07.2025
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi

20:36 / 04.07.2025